calendar 13 May 14:37
eye 29
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G'alabaning 80 yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Qizil maydonda G'alaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Mo'g'uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro va boshqalar ham qatnashdi.

Ikkinchi jahon urushidagi g'alaba millionlab insonlarning jasorati, matonati va fidoyiligi natijasidir. Bu ulug' maqsadga erishishda O'zbekiston xalqining ham salmoqli hissasi bor.

Urush boshlangan paytda respublikamiz aholisi 6 million nafardan ziyod edi. Urush yillarida ikki millionga yaqin o'zbekistonlik frontga jo'natildi. 538 mingdan ziyod kishi jang maydonlarida halok bo'ldi, 158 mingdan ortig'i bedarak yo'qoldi.

Ko'rsatgan mardligi va jasorati uchun O'zbekistondan 214 mingdan ziyod askar va ofitser jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi. Vatandoshlarimizdan 301 kishi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo'ldi, yana 70 kishi 'Shuhrat' ordenining barcha darajalari sohibi bo'ldi.

O'zbek xalqi mehnat borasida ham ulkan jasorat ko'rsatdi. Mamlakatimiz frontning ishonchli tayanchiga aylandi: bu yerdan oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon, qurol-yarog' va boshqa zarur resurslar uzluksiz jo'natib turildi. Qisqa muddatda O'zbekiston hududida 170 dan ortiq evakuatsiya qilingan korxonalar joylashtirilgani mudofaa sanoatining uzilishlarsiz ishlashini ta'minladi.

O'sha og'ir yillarda O'zbekiston xalqi yuksak insonparvarlik namunasini ko'rsatib, frontoldi hududlaridan evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ortiq kishini, jumladan, 250 mingdan ziyod yetim bolalarni qabul qildi.

O'zbek xalqining urush yillaridagi jasorati xalqaro hamjamiyatda keng e'tirof etilmoqda.

Mamlakatimizda ham urush va mehnat fronti qatnashchilarining xotirasini abadiylashtirish, faxriylarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Toshkentda ulug'vor 'G'alaba bog'i' yodgorlik majmuasi barpo etildi.

G'alaba paradi yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari bilan birgalikda Aleksandr bog'idagi Noma'lum askar qabriga gul qo'ydi.

Ushbu yodgorlik g'alaba yo'lida mislsiz jasorat ko'rsatgan va jon fido qilgan millionlab jangchilar, jumladan, O'zbekiston farzandlari xotirasiga o'rnatilgan.

Marosim bir daqiqalik sukut hamda faxriy qorovul va harbiy orkestrning tantanali yurishi bilan yakunlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
16
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
17
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri

13 May 14:37
 
111
0
xs.uz

“Work and Travel” dasturida ishtirok etuvchi talabalarga foizsiz qarz beriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 290-sonli qaroriga muvofiq, 2025-yil 15-maydan boshlab 'Work and Travel' xalqaro dasturlari doirasida ishlash va sayohat qilish maqsadida xorijiy davlatlarga boradigan talabalarga ssuda (qaytarish sharti bilan foizsiz qarz) ajratish tartibi joriy etiladi. Mazkur tartib xorijga borish, qaytish va boshqa xarajatlarni qoplash uchun moʻljallangan.Ssuda olish imkoniyati Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Br

31 May 08:49
 
4
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga