“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Tel-Avivga parvozlarni toʻxtatdi

Xabarda aytilishicha, Tel-Aviv xalqaro aeroportida havo hududidan foydalanish boʻyicha joriy etilgan cheklovlar sababli, 'Uzbekistan Airways' 2025-yil 16-iyundan 30-iyun kuniga qadar Toshkent ' Tel-Aviv ' Toshkent yoʻnalishidagi reyslarni vaqtincha toʻxtatgan.
'Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilari aviabiletlar boʻyicha majburiy qaytarib olish yoki keyingi sanalarga bepul qayta bron qilish uchun murojaat qilishlari mumkin', ' deyiladi xabarda.
Shuningdek, Eron havo hududidan foydalanish boʻyicha cheklovlar tufayli kompaniya iyun oyi oxirigacha Toshkentdan Dubay va Sharm al-Shayxga va ortga parvozlar jadvaliga ham oʻzgartirishlar kiritgan.
Shoirning ayoli boʻlish sharaf
Har buyuk erkakning ortida buyuk ayol turadi. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovdek shoirning jahon boʻylab obroʻ eʼtibor qozonishida uning ishonchli sirdoshi, eng mustahkam suyanchigʻi boʻlgan rafiqasi, mehnat faxriysi, 'Fidokorona xizmatlari uchun' ordeni sohibasi Hanifa Mustafoyevaning xizmatlari beqiyos. Shoir sheʼrlarining birinchi tinglovchisi ham, qaygʻuli va quvonchli kunlarining yelkadoshi ham Xanifa aya boʻladi.Biz ulugʻ shoirning xonadonlariga ko
Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.Har bir
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda