calendar 19 Aug 07:04
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident yangi qonunni imzoladi

image
Prezident 'Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida'gi qonunni imzoladi.

Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning uchun STIR olish talab etiladi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlariga STIR berish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritilmoqda.

Bundan tashqari, 'Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida'gi qonunga yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlarini adliya organlarida hisobga qoʻyish imkoniyatini nazarda tutuvchi va ushbu tartibni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
44
0
xs.uz

Ayrim sohalarda kadrlar tayyorlash tizimi 3-yillik boʻladi

Qarorga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilidan davlat oliy taʼlim muassasalarida turizm va mehmonxona xoʻjaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi uch yillik oliy taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi va oʻquv jarayoni 'blok-modul' tizimiga asoslangan dual taʼlim shaklida tashkil etiladi.Bunda, oʻquv jarayonlarining nazariy va amaliy mashgʻulotlar ulushini:2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan amaliyo

23 Jul 11:15
 
106
0
xs.uz

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan oʻtkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xayriya tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.'Maʼnaviyat festivali' ijodiy guruh aʼzolari hamda 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi faollari festivalning ilk kunida 'Inson qadri' loyihasi doirasida Shoʻrchi tumanining Boʻston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Joʻrabek Toʻrashev xonadonida boʻlishdi.' Kutilmagan mehmonlarning tashrifidan boshim osmonga yetd

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

26 Jul 10:21
 
53
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari