calendar 20 Sep 00:23
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yangi formatdagi YECHLning birinchi kuni qanday oʻtdi?

image
Yevropa Chempionlar ligasining yangi formatidagi birinchi kun oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Qayd etish kerakki, birinchi kunda sensatsion natijalar qayd etilmadi. 'Bavariya' 'Dinomo Zagreb' darvozasiga 9 ta gol urdi, Keyndan poker, 'Liverpul' 'Milan'ni yengdi, 'Real' va 'Yuventus'da ishonchli gʻalaba qayd etildi.

'Real' Madridda Germaniyaning 'Shtutgart' jamoasini qabul qildi. Birinchi boʻlimda koʻplab vaziyatlar yaratilgan boʻlsa-da, ikki tomon ham darvozlarga yoʻl topa olmadi. Ikkinchi boʻlim boshida esa Kilian Mbappe hisobni ochdi.

68-daqiqada nemislar safida oʻynayotgan Undav hisobni tenglashtirdi. 83-daqiqada esa Antonio Ryudiger, oʻyin oxirida esa Endrik yakuniy golni urdi va 'qaymoqranglilar' 3:1 hisobidagi gʻalabani rasmiylashtirdi.

'Liverpul' esa 'Milan' ustidan 3:1 hisobida ustun keldi. Mersisaydliklar safida Konate, van Deyk va Soboslay gol urdi, milanliklar tarkibida Pulishich oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.

'Bavariya' 'Dinamo Zagreb'ni 9:2 hisobida yengdi. Kompani shogirdlaridan Harri Keyn poker qayd etgan boʻlsa, Olise esa dubl muallifi boʻldi. Shuningdek, Sane, Goretska va Gerreyru hisobiga ham gol yozildi. Keyingi raqib 'Barselona'.

'Yuventus' oʻz uyida Niderlandiyaning 'PSV' klubiga qarshi maydonga chiqdi va 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Turinliklar safida Yildiz, Makkenzi va Gonsales gol muallifi boʻlgan boʻlsa, Niderlandiya klubi tarkibida Saybari darvozani ishgʻol qildi.

Avvalroq, QQS toʻlovchilari soni deyarli 5 foizga oshgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
6
0
xs.uz

Yangi formatdagi YECHLning birinchi kuni qanday oʻtdi?

Yevropa Chempionlar ligasining yangi formatidagi birinchi kun oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Qayd etish kerakki, birinchi kunda sensatsion natijalar qayd etilmadi. 'Bavariya' 'Dinomo Zagreb' darvozasiga 9 ta gol urdi, Keyndan poker, 'Liverpul' 'Milan'ni yengdi, 'Real' va 'Yuventus'da ishonchli gʻalaba qayd etildi.'Real' Madridda Germaniyaning 'Shtutgart' jamoasini qabul qildi. Birinchi boʻlimda koʻplab vaziyatlar yaratilgan boʻlsa-da, ikki tomon ham darvozlarga yoʻl topa olmadi. Ikkinchi boʻli

20 Sep 00:23
 
2
0
xs.uz

“Budapesht – 2024”: Serbiya va AQSH Oʻzbekistonni toʻxtatib qolishga harakat qiladi

45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida 7-tur bellashuvlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasida erkaklar terma jamoamiz Ukrainani 3:1 hisobida, qizlarimiz esa Gretsiyani 2,5:1,5 hisobida magʻlub etishdi.Qayd etish kerakki, biz kerakli ochkolarni qoʻlga kiritish orqali kuchli uchlikka qaytib oldik. Birinchi oʻrinda Hindiston jamoasi ketayotgan boʻlsa, kutilmaganda ikkinchi oʻrin Eronniki boʻlib turibdi.Erkaklar:Oʻzbekiston ' Ukraina 3:1Nodirbek Abdusattorov ' Andrey Volokitin 1:0Nodirbek Yakubboyev

20 Sep 00:23
 
5
0
xs.uz

Yangi mavsumda YCHL uchrashuvlarini qaysi telekanalda tomosha qilishimiz mumkin?

Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumdagi uchrashuvlari 'Zoʻr TV' kanalida namoyish etiladi. Hozircha har bir turda bittadan uchrashuv translyatsiya qilinishi mumkin. Boshqa telekanallar bilan hamkorlik haqida xabar berilmagan.Yangicha tizimda oʻtkazilayotgan musobaqalar haftaning uch kunida boʻlib oʻtadi. Shu sababli har bir oʻyin kunida bittadan markaziy uchrashuv efirga qoʻyiladi. 17-sentyabr kuni birinchi tur doirasida 'Milan'''Liverpul', 'Yuventus'''PSV', 'Real'

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.