calendar 20 Sep 00:23
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Afsona bilan suhbat

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Botir Zokirov deyilganida beixtiyor koʻz oldimizda 'Maftun boʻldim', 'Raʼno', 'Arab tangosi', 'Xayolimda boʻlding uzun tun', 'Kecha bogʻda' singari musiqiy sanʼatimiz xazinasidan oʻrin olgan ajoyib qoʻshiqlar ijrochisi gavdalanadi. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Buxoroda shu sanʼatkorning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan ' 'Afsona bilan suhbat' teatrlashtirilgan badiiy dasturni namoyish etdi.

' Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning hayoti, ijodiy faoliyati barchamiz uchun oʻrnak, ' deydi teatr direktori Abdusaid Gʻaniyev. ' Milliy estradamizning asoschilaridan sanalgan bu inson oʻzining betakror shirali ovozi, oʻlmas qoʻshiqlari bilan yurtimizni dunyoga tanitdi. Uning hayoti Vatanga mehru muhabbat, sanʼatga sadoqat namunasidir. Biz jamoamiz bilan sahnada Botir Zokirovning obrazini yaratganimizdan mamnunmiz. Bu asar nafaqat respublikamizning bir qator viloyatlari, balki xorijda ham namoyish etildi. Tomoshabinlar uni iliq kutib oldi.

Viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilgan asarda noyob isteʼdod egasining hayotiga oid burilish nuqtalari teatrning Surʼat Ortiqov, Bobur Choʻlliyev, Diyor Toʻxtanazarov singari iqtidorli aktyorlari tomonidan oʻziga xos yoʻsinda talqin qilingan. Kuy-taronalarning yaratilish tarixi bilan bogʻliq lavhalar, sanʼatkorning ona-yurtimizga mehru muhabbati aks etgan koʻrinishlar, shuningdek, Botir Zokirovning retroga aylangan qoʻshiqlari tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
7
0
xs.uz

“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”

Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko

20 Sep 00:23
 
7
0
xs.uz

Ozarbayjonda oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi

Joriy yilning 13-sentyabr kuni qadimiy Ganja shahrida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi qoshidagi Nizomiy nomidagi adabiyot instituti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 'Turk dunyosining Ozarbayjon'Oʻzbekiston modeli' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Anjumanda Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan talabalar ham ishtirok etdi. Ularga oʻzbek va ozar xalqlari qadim-qadimdan bir-biriga k

26 Jul 10:18
 
73
0
postda.uz

MAHALLA — QADRIYATLAR MASKANI

Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshi­rish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish eng oliy burch­larimizdan biridir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida «Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan

20 Sep 00:23
 
6
0
xs.uz

Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal