calendar 20 Sep 00:23
eye 7
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ozarbayjonda oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi

image
Joriy yilning 13-sentyabr kuni qadimiy Ganja shahrida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi qoshidagi Nizomiy nomidagi adabiyot instituti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 'Turk dunyosining Ozarbayjon'Oʻzbekiston modeli' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan talabalar ham ishtirok etdi. Ularga oʻzbek va ozar xalqlari qadim-qadimdan bir-biriga koʻmakdosh boʻlgani, kelajak avlodlar bugungi muvaffaqiyatli hamkorlikni yanada mustahkamlashi zaruriyati haqida alohida yoʻnalishlar berildi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov oʻzbek va ozar xalqlarining ildizlarini mushtarak chinorlarga qiyoslab, azaldan doʻst-birodar boʻlgan xalqlarning bugungi tahlikali zamonda yana qayta topishishi, umumiy maqsadlar yoʻlida qoʻlni qoʻlga berib olgʻa intilishi nihoyatda muhim ekaniga urgʻu qaratdi. Oʻzbek va ozar xalqlarining farovon hayoti uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni odamlarga toʻgʻri yetkazishni istiqboldagi dolzarb vazifa sifatida qayd etdi.

Shuningdek, konferensiya doirasida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi Ganja boʻlimida universitetimizning Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi. Ushbu markaz nafaqat zamonaviy ilmiy-pedagogik faoliyat markazi, balki Alisher Navoiyning boy adabiy merosini koʻrgazmali tarzda aks ettiruvchi miniatyuralar bilan bezatilgan. Markazga universitetimiz tomonidan 300 ga yaqin oʻzbek tilidagi badiiy, ilmiy asar topshirildi. Markazga tashrif buyuruvchilar oʻzbek xalqining tarixi, madaniyati, hazrat Navoiyning ijodiy merosi bilan tanishishlari mumkin. Bu maskanning asosiy vazifasi ikki xalq olimlarini birlashtirishdan tashqari barcha qiziquvchilarga Oʻzbekistonning tarixi, madaniyati, bugungi kuni, siyosiy va ijtimoiy hayoti haqida maʼlumotlar berish hamdir. Markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun unda tashkil etiladigan tadbirlar va amaliy mashgʻulotlarga ozarbayjonlik talabalar va oʻquvchilarni keng miqyosda jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Markazning ochilish marosimida soʻz olgan Nizomiy Ganjaviy markazi direktori Alimuxtor Muxtorov 'Oʻzbekiston'Ozarbayjon, bir vujuddagi ikki jon', deya davlatlarimiz oʻrtasidagi samimiy muloqotlar abadiy boʻlishiga tilak bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
6
0
xs.uz

“Jon qozoqning oqinlari doʻstiman — yaqiniman”

Qadimdan qon-qarindosh, urugʻdosh, eldosh, tildosh, dindosh qozoq bovurlarimiz bilan bizning tariximiz, madaniyatimiz, qadriyatlarimiz bir.Yangi zamonda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev janobi oliylarining oqilona siyosati natijasida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik munosabatlari bugungi kunda ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.Yaqindagina roʻy bergan, ammo oʻzining teran mohiyatiga ko

20 Sep 00:23
 
5
0
xs.uz

Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

'Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi', deyiladi vazirlik xabarida.Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal

20 Sep 00:23
 
5
0
xs.uz

Afsona bilan suhbat

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Botir Zokirov deyilganida beixtiyor koʻz oldimizda 'Maftun boʻldim', 'Raʼno', 'Arab tangosi', 'Xayolimda boʻlding uzun tun', 'Kecha bogʻda' singari musiqiy sanʼatimiz xazinasidan oʻrin olgan ajoyib qoʻshiqlar ijrochisi gavdalanadi. Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Buxoroda shu sanʼatkorning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab tayyorlangan ' 'Afsona bilan suhbat' teatrlashtirilgan badiiy dasturni namoyish etdi.' Oʻzbekiston xal

20 Sep 00:23
 
7
0
xs.uz

Ozarbayjonda oʻzbek tili va madaniyati markazi ochildi

Joriy yilning 13-sentyabr kuni qadimiy Ganja shahrida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi qoshidagi Nizomiy nomidagi adabiyot instituti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 'Turk dunyosining Ozarbayjon'Oʻzbekiston modeli' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Anjumanda Ozarbayjon oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan talabalar ham ishtirok etdi. Ularga oʻzbek va ozar xalqlari qadim-qadimdan bir-biriga k