Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

Musaxon Nurmatov 1968-yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. U 1990-yillar oxiri, 2000-yillar boshida oʻzbek milliy estrada sanʼatidagi yuzlab qoʻshiqlar musiqasining muallifidir.
Xususan, uning 'Laylim', 'U goʻzal boshqa', 'Adashdim', 'Yana sogʻindim, yana', 'Meni sevib qolsayding', 'Xabaring yoʻq', 'Qizmi bu, kiyikmi bu', 'Davraga tushgan goʻzal', 'Oh, mani vatanim bu', 'Kelin boʻlib ketar boʻlding Laylo', 'Toʻlin oy', 'Naysonim Vatan' kabi oʻnlab qoʻshiqlari mashhur.
Ijodkorning oʻgʻli Yusufxon Nurmatov marhum uzoq yillar davomida ogʻir xastalik bilan kurashib kelganini maʼlum qildi.
YEGANDEK BO‘LDIM
«Yegandek bo‘ldim» nomli masjid haqida eshitganmisiz?!Istanbulning Fotih mintaqasida shu nomdagi masjid bor. Bu turkchada «Sanki yedim» bo‘ladi. Bu g‘aroyib nom ortida ajib bir hikoya bor. Hikoya zamirida esa ajoyib bir ibrat mujassam.Naql qilishlaricha, Fotih mintaqasida Xayriddin ismli bir kishi istiqomat qilar edi. U qachon bozorning oldidan o‘tayotib nafsi mevanimi, go‘shtnimi, halvonimi xohlab qolsa, «egandek bo‘ldim» deb shunga yetadigan pulni bir sandiqqa tashlab qo‘ya
"Bobur – umumarmiya yoshlari nigohida"
O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi arafasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida yosh ichki ishlar xodimlari va IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchilarining ma'naviy-ma'rifiy bilim va salohiyatini oshirish maqsadida "Bobur – umumarmiya yoshlari nig
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Mansur Temirovich Ravshanov 1937-yilning 4-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan. 1961-yilda Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor boʻlib ishlagan. Surxondaryo viloyat qoʻgʻirchoq teatrining vujudg
NAVRO‘Z – DO‘STLIK VA BIRLIK RAMZIGA EGA BO‘LGAN UMUMXALQ BAYRAMI
Ma’rifat va ma’naviyat darsiMehr-oqibat va muruvvat kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z eng qadimiy bayramlardan hisoblanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bayram 3 ming yildan ortiq tarixga ega. Xususan, Navro‘z haqida «Avesto»da ko‘klam giyohlari unib, daraxtlar kurtak ota boshlagach, o‘sha atrofdagi qora kuchlar mahf bo‘lishi aytiladi.Alisher Navoiy kun bilan tun tenglashgan (Quyosh taqvimi bilan 21-mart) pallani shunday izohlaydi: Yuz ochib b