calendar 26 Aug 12:29
eye 16
comments 0
comments Manba: xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

image
Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.

Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?

Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.

'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.

Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tishlar sezuvchan boʻlib qoladi. Oqibatda milklar yalligʻlanib, tez-tez qonaydi. Yalligʻlanish (gingivit) homiladorlarda juda keng tarqalgan kasallik boʻlgani bois, tishlarnioʻz vaqtida davolatish va profilaktika choralarini koʻrish zarur.

Agar bu muammolar tezda bartaraf etilmasa, ular yanada jiddiyroq kasalliklarga sabab boʻlishi, jumladan, parodontit ' milkning ogʻir yalligʻlanishi va tishlarning tushishiga olib kelishi mumkin.

Albatta homiladorlikda tishlarni davolatish mumkin, biroq buning uchun ayrim qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiq.

Ayniqsa, birinchi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinadi. Sababi bu davr homila uchun eng muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi.

Ikkinchi uch oylik esa, aksincha tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davrdir. Boisi bu vaqtga kelib, homilaning asosiy organlari shakllanib ulguradi.

Uchinchi uch oylikda ham davolanishni imkoni boricha kechiktirish yoki yengil tartibda oʻtkazish kerak. Qolaversa, uzoq muddatli muolajalar yoki ogʻir operatsiyalardan qochish maqsadga muvofiq. Sababi bu holat ayolning umumiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Shuningdek, qoidalarga koʻra, homiladorlik paytida rentgen nurlaridan qochish tavsiya etiladi. Lekin zamonaviy rentgen apparatlari kichik dozada nur tarqatishini inobatga olsak, agar tishlarni rentgen qilish zarurati tugʻilsa, buni maxsus himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

Bu davrda tishlarni davolashda ishlatiladigan anesteziya vositalari va dorilarga ham alohida eʼtibor berish lozim. Shifokorlar odatda homila uchun xavfsiz boʻlgan anesteziya vositalarini tanlaydi. Biroq, har qanday davolanish oldidan ayol homilador ekanligi haqida stomatologga xabar berishi zarur.

Qolaversa, bu davrda tishlarni kundalik tozalash juda muhim. Tishlar va milklarni yuvish uchun yoʻgʻon choʻtkalar va tish iplaridan foydalanish kerak. Shu bilan birga, isteʼmol qilinadigan dori vositalarini stomatolog yoki terapevt bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish lozim.

Taomlanishda esa kalsiy va vitaminlarga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish tavsiya qilinadi', deydi mutaxassis.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
57
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

11 Aug 03:44
 
19
0
xs.uz

“Suv kodeksi” qabul qilinishi mumkin. Dastlabki tafsilotlar maʼlum qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Majlisda 'Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda quyi palataning axborot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, suv va undan foydalanish sohasida yagona huquqiy hujjat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan 'Suv kodeksi' loyihasida bir qator muhim normalar oʻz aksini topadi. Shu sababli ham bir qator m