calendar 11 Aug 03:44
eye 19
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Suv kodeksi” qabul qilinishi mumkin. Dastlabki tafsilotlar maʼlum qilindi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Majlisda 'Oʻzbekiston Respublikasining Suv kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda quyi palataning axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, suv va undan foydalanish sohasida yagona huquqiy hujjat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan 'Suv kodeksi' loyihasida bir qator muhim normalar oʻz aksini topadi. Shu sababli ham bir qator masalalar bugungi majlisda muhokama markazida boʻldi.

Jumladan, suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasida Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, vazifa va funksiyalariga aniqlik kiritilyapti. Bundan tashqari, suvni yetkazib berish xizmati uchun toʻlovlar suv yetkazib berish xarajatlarini qoplashi hamda suv yetkazib beruvchining rentabelligini taʼminlashi zarurligi belgilanmoqda.

Shuningdek, suv xoʻjaligida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy qilish shartlari belgilab berilib, suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlari soddalashtirilishi, suv fondi yerlari, shu jumladan tabiiy suv manbalari hududlari (daryolar, soylar, jilgʻalar, koʻllar, botqoqliklar va buloqlar) Suv xoʻjaligi vazirligi va uning hududiy tizim tashkilotlarining balansiga oʻtkazilishi ham ushbu qonun loyihasi bilan tasdiqlanishi mumkin.

Majlisda suvga doir munosabatlarda xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari ham nazarda tutilmoqda. 'Suv kodeksi' loyihasida havolaki normalar chiqarib tashlanib, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalar kiritiladi. Shu tariqa, 'Suv kodeksi'ning qabul qilinishi bilan Vazirlar Mahkamasining bir qator qarorlari va ular bilan tasdiqlangan nizom va tartiblar bekor qilinadi.

'Kodeks suvdan oqilona foydalanish, samarali boshqarish va muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy shart-sharoitlar yaratishga, suv yetkazib beruvchilar va suv isteʼmolchilarining masʼuliyati oshirishga, suvdan foydalanishda ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishiga xizmat qiladi', deyiladi xabarda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.

Avvalroq, Parlament saylovlarining sanasi aniq boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 18:22
 
83
0
qalampir.uz

Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovga ko‘ra, voqea Shirin chorrahasida sodir bo‘lgan. Suv toshqiniga Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.  “Ayni damda esa ushbu muammo to‘la bartaraf etildi”,

11 Aug 03:43
 
28
0
xs.uz

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o'qib eshittirdi. Qutlovda so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga ayl

19 Jul 11:32
 
78
0
xs.uz

Andijonda II “Dunyo sadolari” sanʼat festivali boʻlib oʻtadi

' Festival doirasida oʻzbek va xorijiy estrada yulduzlarining konsert dasturlari tashkil etiladi, ' deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev. ' Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, rassomlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etiladi. Xalqaro festivalga 1,5 mln. nafar mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Ularning maroqli hordiq olishi uchun turli koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtadi. 8 ta sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha eʼtiborga molik manzill

19 Jul 19:06
 
72
0
xs.uz

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

2025-yil 1-yanvardan:2024-yil 1-oktyabrdan:Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.