calendar 11 Aug 03:43
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, hurmatli bunyodkorlar

image
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O'zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlatimiz rahbarining quruvchilarga tabrigini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi o'qib eshittirdi.



Qutlovda so'nggi yillarda yurtimiz ulkan qurilish va bunyodkorlik makoniga, qurilish sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biriga aylangani alohida qayd etilgan. Sohaning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 6 foizdan' ko'proqni tashkil etayotgani buning yaqqol tasdig'idir. Oxirgi yetti yarim yilda 26 million kvadrat metrlik qariyb 10 mingta uy-joy barpo etildi. Joriy yilda 52 ta hududda 'Yangi O'zbekiston' massivlari bunyod etilmoqda. 'Yangi Toshkent' va Olimpiya shaharchasi kabi mega ob'yektlarda ham bunyodkorlik ishlari yuqori sur'atlar bilan olib borilmoqda.



Shu bilan birga, soha oldida katta vazifalar turgani ta'kidlandi. Ularni ado etishda katta bilim va tajribaga ega bo'lgan ishchi va quruvchi, me'mor va muhandislar, olim va mutaxassislar yanada jonbozlik ko'rsatib, qurilish sohasi ravnaqini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirildi.















































Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:51
 
123
0
xs.uz

Avia, temiryoʻl va avtobus qatnoviga chipta olish imkonini beradigan yagona platforma ishga tushiriladi

2024-yil 1-dekabrgacha xorijiy mamlakatlar kesimida xalqaro turizm koʻrgazmalarida namoyish qilish uchun madaniy, gastronomik va hunarmandchilik kontenti ishlab chiqiladi.2024-yil 1-dekabrgacha barcha avia, temiryoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi.Transport vazirligi:

29 Jul 14:12
 
56
0
qalampir.uz

Andijonda 46 ming dollarga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan yer maydonini olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, fuqaro Z.K. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaro D.E.ga yoshlar kichik sanoat zonasida ishlab chiqarish faoliyati uchun ajratilgan 10 sotix yer maydonini 46 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib beri

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi: