calendar 26 Jul 10:20
eye 45
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

image

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tashqi bozorlardagi narxlar dinamikasi ham import inflyatsiyasiga pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda.

“Shuningdek, oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining pasayishi hamda almashuv kursi barqarorligi aholining inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, iyun oyida sezilarli pasayishiga olib keldi. Bu esa, kutilmalar tomonidan inflyatsiyaga bosimlarni pasayib borishiga sharoit yaratadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasi davom etib, iyunda 5,9 foizga teng bo‘lgan va yil boshidan 2,6 foiz bandga pasaygan. Markaziy bankka ko‘ra, bu energiya tariflari o‘zgarishining ikkilamchi ta’siri kutilganidan past bo‘lganligi bilan izohlanib, inflyatsiyaning kelgusida ham pasayuvchi trendining davom etishiga ishora bermoqda.

“Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat’iy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davom etadi. Bunda, asosiy stavka bo‘yicha kelgusi qarorlar inflyatsiya dinamikasi va prognozi, inflyatsion kutilmalar hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha kelgusi davr ma’lumotlari asosida qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishi 2024 yil 12 sentyabrga belgilangan.

Ma’lumot uchun, asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.

O‘zbekistonda asosiy stavka 2023 yilning mart oyidan beri o‘zgarishsiz, 14 foizlik ko‘rsatkichda saqlanib kelayotgan edi. Markaziy bankning asosiy stavkani tushirish borasida chiqargan qaroridan kelib chiqib aytish mumkinki, yaqin orada banklarda ajratilayotgan imtiyozli kredit stavkasi ham 13,5 foizga tushirilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston banklarida kreditlarning o‘rtacha foizi ko‘tarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 14:05
 
69
0
xs.uz

Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali oʻchirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Vazirlik 26-iyulda soatlik va kunlik elektr energiyasi isteʼmoli rekordi yangilangani haqida xabar eʼlon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu xabarda keltirilgan faktlar notoʻgʻri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.Xususan, bir qator Telegram kanallarda biri-biridan koʻchirib bosilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan maʼlumot ' 26-iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim isteʼmolchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt 'Elektr

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi

Unga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga moʻljallangan maxsus Zangiota 2-son shifoxonasining boʻsh turgan bino va inshootlaridan samarali foydalanish hamda 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun zamonaviy, yuqori texnologik, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:Toshkent shahar hokimligining 'Toshkent' MFY Yangi aylanma yoʻli manzilida joylashgan Zangiota-2 shifoxonasi oʻrnida davlat byudjetidan moliyalasht

26 Jul 10:20
 
54
0
qalampir.uz

O‘zbekistonlik o‘quvchi qiz Xalqaro nemis tili olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi (video)

Germaniyaning Gyottingen shahrida joriy yilning 15-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Butunjahon nemis tili olimpiadasining final bosqichida o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Dunyoning 62 davlatidan 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 100 dan ortiq o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazilgan nemis tili bo‘yicha xalqaro musobaqada Andijon shahridagi 23-maktab o‘quvchisi Rayyona Ibrohimova barcha bosqichlarda

18 Jul 19:28
 
88
0
qalampir.uz

Bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Damas avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Avtomashina ichida bo‘lgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazili