calendar 18 Jul 19:28
eye 118
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchradi

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida ichida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Damas avtomobili yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Avtomashina ichida bo‘lgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularda tan jarohatlari aniqlanmagach, uylariga ruxsat berilgan. Hozirda bolalarning umumiy ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida tegishli mas’ullarga xizmat tekshiruvi va hodisa bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Bunday holatlarning sodir bo‘lmasligi, qayta yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avval ham Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgan avtomobil bilan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi oqibatida ikki nafar bola shifoxonaga statsionar davolanishga yotqizilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev pirotexnika buyumlariga oid muhim Qonunni imzoladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali maʼlum qildi.Maʼlum boʻlishicha, Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritilgan.Unga koʻra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, joʻnatganlik va Oʻzbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qo

09 Oct 12:39
 
21
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

29 Oct 20:48
 
7
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi “Davr bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻlladi

Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, 'Davr bank' ATB tomonidan eʼlon qilingan tashqi reklamalarda 'Davr mobile' ilovasida 50 mln soʻmgacha onlayn mikrokredit' mazmunidagi reklama axboroti berilganligi aniqlangan. Bu reklamada mikroqarzning 43 foiz yillik ustamasi, oylik ish haqi talab etilishi kabi talablar koʻrsatib oʻtilmagan.Shuningdek, Toshkent shahridagi LED monitorli reklama obyektlarida 'Tadbirkorlar uchun 5 milliard soʻmgacha kredit, 24

29 Oct 20:48
 
3
0
xs.uz

Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Soʻx tumanining mashhur Chashma bulogʻi bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga oʻzgacha taʼm beradi. Shu bois Soʻxda yetishtiriladigan olma, nok, oʻrik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunla