calendar 29 Oct 20:48
eye 24
comments 0
comments Manba: xs.uz

Demirsad olmasining xaridorgirligi siri nimada?

image
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Soʻx tumanining mashhur Chashma bulogʻi bir necha qishloqlarga obihayot baxsh etib, meva va sabzavotlarga oʻzgacha taʼm beradi. Shu bois Soʻxda yetishtiriladigan olma, nok, oʻrik, shaftoli kabi mevalar, kartoshka singari sabzavot mahsulotlari juda xaridorgir.





Shu bois ichki bozor ehtiyojidan ortgan meva-sabzavotlar qoʻshni davlatlarga ham eksport qilinadi. Ayni paytda tumanda yurtimiz bozorlariga yiliga 15 ming tonnadan ziyod olma yetkazib beriladi. Shu kunlarda Soʻxda olma hosilini yigʻib olish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

' Qishlogʻimiz Chashma bulogʻi suvidan ichadi, ' deydi Demirsad qishlogʻida istiqomat qiluvchi Gʻayratjon Doʻstmatov. ' Demirsad olmasini bir tishlasangiz, yuzingizga suvi sachraydi, mazasiga gap yoʻq. Bu olmani tabiiy usulda qish-bahor mavsumiga ham sifatli saqlash mumkin.





Bu oila aʼzolari xonadondagi 8 sotix tomorqadan joriy yilda 2 tonna olma hosili olishni maqsad qilgan. Chorvachilik, kartoshka yetishtirish oilaning yana bir daromad manbai hisoblanadi.

Aytish joiz, Demirsad qishlogʻi bogʻbonlari Soʻxda olma yetishtirish borasida eng tajribali mirishkorlar sifatida tanilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
20
0
xs.uz

Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

11 Nov 03:17
 
20
0
xs.uz

Qori Yoʻldosh Poʻlatov nomi abadiylashtiriladimi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. 8-noyabr sanasi buxorolik tarix va madaniyat ixlosmandlari, xususan, muzey xodimlari uchun qadrli. Negaki, bundan roppa-rosa 102'yil muqaddam ' 1922-yilning 8-noyabrida koʻpchilikka hozir Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi nomi bilan yaxshi tanish tabarruk maskanga tamal toshi qoʻyilgan.Eʼtiborlisi, bu 'Buxoro axbori' (hozirgi 'Buxoronoma') gazetasidagi bir xabar orqali tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Shu birgina dalil ham gazetaning oʻrni, ahamiyati necho

09 Oct 14:11
 
36
0
xs.uz

Toshkentda kotlovan sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kotlovan qazish jarayonida qurilish obektiga tutash uyning darvozaxona qismi qulab tushdi. Bu haqda 'Kun.uz''xabar berdi.Qayd etilishicha, holat kecha, 8-oktyabr kuni tumanning Bahor mahallasida sodir boʻlgan. Uy egasining oʻgʻliga koʻra, holat sodir boʻlgan vaqtda ota-onasi uy ichida boʻlgan.'Oʻzim koʻchada edim. Telefon boʻlgach zudlik bilan yetib bordim. Qarasam, uyning bir qismi qulab tushibdi. Onam va otamning mazasi boʻlmay qoldi. Darhol te