calendar 11 Nov 03:17
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qori Yoʻldosh Poʻlatov nomi abadiylashtiriladimi?

image
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. 8-noyabr sanasi buxorolik tarix va madaniyat ixlosmandlari, xususan, muzey xodimlari uchun qadrli. Negaki, bundan roppa-rosa 102'yil muqaddam ' 1922-yilning 8-noyabrida koʻpchilikka hozir Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi nomi bilan yaxshi tanish tabarruk maskanga tamal toshi qoʻyilgan.

Eʼtiborlisi, bu 'Buxoro axbori' (hozirgi 'Buxoronoma') gazetasidagi bir xabar orqali tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Shu birgina dalil ham gazetaning oʻrni, ahamiyati nechogʻli katta ekanligidan kichik bir nishonadir.

' 'Buxoro axbori'ning 1922-yil 112-sonida 'Buxoroda birinchi muzaxonaning ochilish marosimi' sarlavhali maqola eʼlon qilingan, ' deydi muzey-qoʻriqxona Tarix ilmiy boʻlimi mudiri Oʻktamali Ravshanov. ' Unda yozilishicha, maorif noziri Qori Yoʻldoshning saʼy-harakati bilan Buxoroda birinchi muzeyga asos solingan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosim tantanali tarzda oʻtgan. Mehmonlar orasida nozirlar shoʻrosining raisi Ota Xoʻja, hukumat aʼzolari, Rossiya vakili Funshteyn va boshqalarni koʻrish mumkin edi. Tadbir avvalida maorif noziri muovini Mazhar Maxdum soʻz olib, 'Bir mamlakatning tarixini bilmak uchun muzaxonadan ortiq bir tarix kitobi boʻlmas', degan soʻzlarni aytadi.



Marosim soʻnggida maorif noziri Qori Yoʻldosh Poʻlatov soʻzga chiqib, donishmandlarga xos kamtarlik bilan 'Biz bu yoʻlda gʻoyat oz ishlab, kichik bir narsa maydonga chiqora bildik. Ishonamanki, bizdan soʻngragilar muni takmil etarlar', degan gaplarni aytadi.

Voqealar rivojidan oʻzib aytish lozimki, bu maʼrifatparvar, jadid insonning bashorati toʻgʻri boʻlib chiqdi. Ayni damda muzey-qoʻriqxonaning joylarda oʻndan ziyod filiali ishlab turibdi.Ulardagi minglab eksponatlar xalqimizning boy madaniy, madaniy, moddiy boyligi sifatida xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Aytmoqchi, muzey ochish tashabbuskori boʻlgan Qori Yoʻldosh Poʻlatov haqida nimalar maʼlum? Tabiatan elparvar, taraqqiyot yoʻlini ilm-u maʼrifatda deb bilgan bu inson Buxoro Respublikasi tuzilganida xalq maorifi noziri boʻlgan. 'Maktablar haqidagi umumiy qoidalar' dasturini ishlab chiqqan. Bir yilcha 'Buxoro axbori' gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston SSR tashkil topganidan soʻng avvaliga moliya vaziri, keyin Xalq Komissarlar Soveti raisi vazifasini bajargan. Vazirlik paytida xizmat mashinasidan voz kechib, ishga el qatori piyoda borib kelgan.

Afsuski, suronli 30-yillardagi qattolliklar Qori Yoʻldoshni ham oʻz changaliga oldi. 1937-yilda qamaldi. Sovuq oʻlkalarga surgun qilindi. 1947-yilda ona yurtga qaytib keldi-yu ammo roʻshnolik koʻrmadi. Uni yana sud stoliga oʻtirgʻizdilar. Oqibatda umrining yana 9-yili qamoqda kechdi. 1957-yilda oqlandi. Garchi, u qatagʻondan tirik qolgan boʻlsa-da qattol tuzum oʻz niyatiga yetgandi. Qori Yoʻldosh sogʻligidan ayrildi. 'Xalq dushmani' tamgʻasi uni qon-qarindoshlaridan ham judo qildi. Ogʻir dard tufayli 1965-yilda hayotdan koʻz yumdi. Tarix fanlari doktori, professor Shodmon Hayitov taʼkidlaganidek, u oʻz toʻshagida jon taslim qilgan yagona jadid sifatida tarixda qoldi.

Yana oʻsha suronli yillarda gazetada eʼlon qilingan maqolaga qaytamiz. Unda yozilishicha, marosimda soʻz olganlardan biri muzeyga Qori Yoʻldosh nomini berish taklifini oʻrtaga tashlaydi. Tadbir ishtirokchisi Ota Xoʻja hukumat vakili sifatida bu taklifni qoʻllab-quvvatlaydi. Keyin nima boʻlgani bizga hozircha nomaʼlum. Lekin Fayzulla Xoʻjayev, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Usmon Xoʻja Poʻlatxoʻjayev singari jadidlar bilan bir safda turgan bu fidoyi insonning nomi abadiylashtirilsa foydadan xoli boʻlmasdi. Zero, yurtimizni hur va ozod koʻrish, xalqimizni ilm-u maʼrifatli qilish yoʻlida jon tikkan ajdodlarimizni yod etish insoniy burchimizdir!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Nov 04:58
 
7
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi

Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.Qarorga ko'ra, 2025 yil:1 martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;1 iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini a

18 Nov 04:58
 
6
0
xs.uz

Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa

09 Oct 12:39
 
41
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti

18 Nov 04:57
 
11
0
xs.uz

16-noyabr kuni havo harorati nisbatan ko‘tariladi

'O'zgidromet' 16-noyabr kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 da