S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.
Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti viloyat Kengashida turli vazifalarda hamda Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, 2020-yildan buyon viloyat Kengashi deputati.
Eslatib oʻtamiz, bugungacha ushbu lavozimda Sherpoʻlat Boyqulov Mamaraimovich ishlab kelayotgan edi.
Tabiatning doʻsti koʻp, dushmani-chi?
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentlik Halim Turdiyevga oʻz istiqomat qilayotgan 'Oʻzbakon' mahallasida tabiat oshuftasi, deya taʼrif berishadi. Bu gapda mubolagʻa yoʻq. Bir muddat xorijda ishlab, dunyo koʻrgan yigit toʻrt yilcha muqaddam moʻjazgina oʻrmon barpo etish maqsadini koʻngliga tugdi.Hovlisining shundoq yonida qarovsiz yotgan tepalik bor. Shu tepalikdan 15 sotix yerni obod qildi. Ninabargli archa, qaragʻay, kashtan kabi manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi. Ularni su
Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta
Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi
Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.