Hovlisining shundoq yonida qarovsiz yotgan tepalik bor. Shu tepalikdan 15 sotix yerni obod qildi. Ninabargli archa, qaragʻay, kashtan kabi manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazdi. Ularni sugʻorish muammo edi. Idishda suv tashishiga toʻgʻri keldi. Koʻchatlar ostini yumshatdi. Zararkunandalarga qarshi doriladi. Xullas, halovat bilmadi.
' Buni qarangki, til-u zabonsiz oʻsimliklar ham inson mehrini his etarkan, ' deydi qahramonimiz. ' Koʻchatlarim avj olib oʻsdi. Koʻrib turganingizdek, yoʻl yoqasida kichik bir oʻrmonzor paydo boʻldi.
Ishning baroridan kelganini koʻrgan Halim aka tepalikning bir qismida olma, oʻrik kabi mevali daraxt koʻchatlari parvarishiga kirishdi. Uzumzor ham barpo etyapti.
' Halim Turdiyevga oʻxshagan tabiat oshuftasi boʻlgan fidoyi insonlar juda koʻp, ' deydi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi raisi Jahongir Sharipov. ' Ular shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan 'Yashil makon' umummilliy loyihasi ijrosida ham faollik koʻrsatmoqda. Daraxtga kelsak, uning havodagi karbonat angidridni yutib, kislorod ishlab chiqarishi barchamizga maʼlum. Lekin daraxtning ona tabiatimiz, salomatligimiz uchun foydali jihati shu bilan chegaralanib qolmaydi. U yerdagi tuproqni mustahkam ushlaydi. Ildizi suvni filtrlab, ob-hayot sifatini yaxshilaydi. Soyasi esa jazirama yozda jonning rohatidir.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, daraxt oʻzidan suv bugʻi ajratib chiqaradi va shu tariqa ob-havo harorati oʻrtasida katta farq boʻlib ketishiga koʻz ilgʻamas toʻsiq vazifasini bajaradi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, daraxt nabotot olamining rang-barangligiga hissa qoʻshadi. Deylik, bir daraxt turining batamom yoʻqolib ketishi koʻplab hayvon turlarining barham topishiga sababchi boʻlishi mumkin.
Bu masalaga alohida toʻxtalishimiz bejiz emas. Mana, saksovulni olib koʻring. Qorovulbozor tumanida joylashgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga borganda saksovulzor-u yulgʻunzorlarga koʻzingiz tushadi. Sahro bagʻridagi korxona jamoasi tomonidan ularning har bir tupi asrab-avaylanmoqda. Negaki, sahro ekotizimini muhofaza qilishda oʻsimliklar, xususan, saksovulning ahamiyati juda katta. Tabiatning moʻjizasini qarangki, u yerga chuqur ildiz otadi. Shu yoʻl orqali suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradi. Qurgʻoqchilikka bardoshli saksovul choʻlda tuproq koʻchishiga toʻsiq boʻladi. Bargi esa tuya va qoʻylar uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi.
Endi insof bilan ayting-chi, shunday foydali oʻsimlikka bolta koʻtargan kishini ona tabiatning dushmani demay boʻlarkanmi?
Gap shundaki, ayrim yurtdoshlarimiz daraxt kesish, saksovulzorlarni payhon qilishdan tap tortishmayapti. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga qaraganda, joriy yilning oʻn oyida saksovul butalarini noqonuniy kesish bilan bogʻliq 73 ta holat aniqlangan. Bu ishga qoʻl urgan kimsalar jami 738 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan. Tabiatga yetkazilgan zarar esa 383 million soʻmga baholangan. Cherkez, qandim, yulgʻun kabi choʻl oʻsimliklarini noqonuniy kesish hollari ham taassufki, uchrab turibdi. Koʻza kunda emas, kunida sinadi, deganlaridek, bu kabi nojoʻya ishlarga qoʻl urganlar qilmishi birma-bir fosh etilyapti. Umuman, viloyatda daraxt va butalarni noqonuniy kesishga aloqador 297 ta holat aniqlangan. Huquqbuzarlar jami 1 milliard 636 million soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.
Oʻzlari anglab-anglamay nabotot olami kushandasiga aylangan bu kimsalar bir tup daraxt yoki saksovulning oʻsib, navqiron yoshga yetishi uchun yillar kerak boʻlishini nahotki, his etishmaydi?!
... Yana Halim Turdiyev yaratgan moʻjaz oʻrmonzorga qaytamiz. Bu yerdan oʻtgan kishining bahri-dili ochiladi. 1500 tup archadan taralayotgan toza havodan toʻyib-toʻyib nafas oladi. Shunday yashil goʻshani yaratganning haqiga duoga qoʻl ochadi.
Ha, xalqimizning topib aytganicha bor: yaxshidan bogʻ qoladi.
Binobarin, ona tabiatning chin doʻsti boʻlmogʻimizga nima yetsin!
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi
Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil
Muzrabotlik oʻqituvchi 2 ming dollar maosh oladi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Taʼlim tizimidagi islohotlar samarasi mamlakat boʻylab boʻy koʻrsatmoqda. Buni Surxondaryo viloyatidagi umumtaʼlim maktablari faoliyatida ham koʻrish mumkin. Oʻqituvchilarning sifatli taʼlim berishi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda. Elektron vositalardan tortib, yangi avlod darsliklarigacha olis va chekka hududlardagi maktablarga ham yetkazilgan. Yaratib berilayotgan bu kabi sharoitlar oʻqituvchilarning ham, oʻquvchilarning ham oʻrgatish va oʻrgani
Prezident Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Boku shahrida o'tayotgan iqlim bo'yicha COP29 konferensiyasi doirasida, mamlakatimizning Milliy pavilonida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o'tkazdi.Mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.Ishchi guruh yig'ilishlarini o'tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaral
Samarqanddagi savdo doʻkonlaridan birida yongʻin chiqdi
Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida katta yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, yongʻin bugun, 29-oktyabr kuni Samarqand tumani Xoʻja Ahror Valiy mahallasining Gʻalaba koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlaridan birida sodir boʻlgan.Hodisa haqida soat 09:04 da viloyat FVBga xabar berilgan. Shunga koʻra, 3 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, voqea joyiga soat