Prezident Shavkat Mirziyoyev va JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Ivealaning uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Mamlakatimizning JSTga a'zo bo'lishi masalalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb jihatlari ko'rib chiqildi.
Ishchi guruh yig'ilishlarini o'tkazish, shuningdek, ushbu xalqaro tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar sur'ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Milliy qonunchilikni JST me'yorlari va qoidalariga uyg'unlashtirish, jumladan, eksport subsidiyalarini bekor qilish bo'yicha ishlar faol olib borilmoqda.
Xalqaro savdoni tartibga solish masalalarida o'zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Muzokaralarni yakunlash va yaqin yillarda O'zbekistonning tashkilotga a'zo bo'lishi bo'yicha sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Ichimlik suvi muammosi bartaraf etilmoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab ijtimoiy, hududiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gap ketganda, avvalo, soʻnggi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlash joiz.Bugungi kunda toza ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj global muammoga aylangan. Maʼlumotlarga koʻra, ayni damda dunyo aholisining kamida 26 foizi toza ichimlik suvidan m
Shavkat Mirziyoyev Buxoro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi.Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning oʻzida Shahrisabz, Qoʻqon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, moderniza
Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo
Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.