' Kasbim ortidan hurmat qozondim, elda aziz boʻldim, ' deydi Muzrabot tumanidagi 55-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Muborak Sultonova. ' Muallimlik hayotimning bir boʻlagiga aylangan, 25-yillik faoliyatim davomida, ayniqsa, bugungi kundagidek ragʻbatni koʻrmaganman. Davlatimiz rahbari tomonidan biz, oʻqituvchilarga yaratib berayotgan imkoniyat, shart-sharoitlar, koʻrsatayotgan alohida eʼtibor bois ishimizga boʻlgan mehrimiz, masʼuliyatimiz yanada ortmoqda. Bu yil oʻquvchilarimizning oliy oʻquv yurtlariga kirish koʻrsatkichi 80 foizni tashkil etdi. 20 foiz bitiruvchilarimiz oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirmoqda. Umuman olganda, bitiruvchilar yuz foiz taʼlimga qamrab olindi. Bu oʻz oʻzidan boʻlmayapti, albatta. Yaratilgan sharoit, oʻqituvchilarning oʻz kasbiga masʼuliyati ortidan erishilyapti. Men bugun respublikamizda 1 ming AQSH dollari miqdorida maosh olayotgan oʻqituvchilardan biri ekanimdan faxrlanaman.
2020-yilning noyabr oyida Prezidentimiz oʻqituvchilar va shifokorlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ularning maoshlarini oshirish rejasini maʼlum qilgan edi. Oʻshanda nafaqat muallimlar, balki butun jamiyat ishonchi komilligidan xursand boʻldi. Chunki yaqin oʻtmishda nimalardir yuz berdiki, oʻqituvchi jamiyatning pastki qatlami vakillariga aylanib qoldi. Hurmati yoʻqolib, obroʻsi pasaydi, daromadi yetarli boʻlmadi. Ularga katta-kichik mansabdorlarning barchasi buyruq beradigan va hatto koʻcha tozalashgacha majbur qila oladigan boʻldi. Eng achinarlisi, paxta dalalarining eng old qatorida ham oʻqituvchilar edi. Bunday salbiy holatlarning barchasi birin-ketin bartaraf etildi.
Bugungi kunda oʻqituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab toʻlanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirilgani bois oʻqituvchilar uchun 1 ming AQSH dollari miqdorida maosh real hodisaga aylandi. Oʻz ustida astoydil ishlagan, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan oʻqituvchilar hatto undan ham koʻp maosh olmoqda.
Bunga bir misol, Muzrabot tumanidagi 7-umumtaʼlim maktabining oliy toifali rus tili oʻqituvchisi Mirsodiq Turopov bugun 2 ming AQSH dollari miqdorida maosh olayotgan mahoratli yosh muallimlardan. U til bilish darajasi boʻyicha xalqaro sertifikatga ega, vazir jamgʻarmasi ustamasi sohibi ham. Oʻz kasbidan qadr topgan muallim, oʻquvchilarning sevimli ustozi 13-yillik ish tajribasi davomida jamoasining ham mehrini qozongan.
' Oʻqituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlardan toʻlaligicha foydalanishga intildim, ' deydi Mirsodiq Turopov. ' Oʻz ustimda tinimsiz ishladim, izlandim. Bugun maqsadimga erishdim. Ayni paytda 2 ming AQSH dollari miqdorida oylik olyapman. Ishonmaydiganlar ham boʻlishi mumkin, ana shundaylarga bajonidil plastik kartam tarixini koʻrsataman. Oʻqituvchilarning bunday natijaga erishishi osonlik bilan boʻlmayapti, albatta. Bu Prezidentimizning odilona siyosati, millatparvarligi, oʻtgan yetti yil mobaynidagi tinimsiz saʼy-harakatining mahsulidir. Davlatimiz rahbarining taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida oʻtgan qisqa vaqtda bu borada erishilgan yutuqlar, zabt etilgan marralar yana bir karra aniq dalillar bilan asoslandi. Galdagi tashabbuslar esa, hech shubhasiz, Yangi Oʻzbekistonda taʼlimga, xususan, oʻqituvchi kasbiga juda katta eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotganning yorqin ifodasi boʻldi. Bu esa meni yanada shijoatlantirdi. Maqsadlarimni yanada yiriklashtirdi. Bu bilan toʻxtab qolmayman. Har yili mamlakat boʻylab oʻtkazilishi maqsad qilingan 'Yil oʻqituvchisi' tanlovida gʻolib chiqib, uch xonali uy sohibi boʻlishni niyat qildim.
Bugun Surxondaryoda shijoatli, bilim salohiyati yuqori, maqsadlari ulkan pedagoglar talaygina. Ular oʻz masʼuliyatlarini chuqur anglagan holda sharafli kasblaridan mamnun faoliyat yuritmoqda.
Surxondaryoda kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.''Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda Surxondaryo viloyatida 6 million 3 ming tup mevali va manzarali koʻchatlar ekilishi rejalashtirilgan.Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov M39 xalqaro avtomagistral yoʻlining Termiz va Angor tumanlari tutashgan hududida ilk daraxt koʻchatini ekib berdi. Mavsumni sifatli oʻtkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta koʻchatlari ekish, har
Mukofot jamgʻarmasi 22 million soʻm boʻlgan bellashuv yakuniga yetdi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Cyber Arena' binosida 5-7-noyabr kunlari oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kibersportning 'Dota 2' yoʻnalishi boʻyicha 'Ziyo cup' turniri boʻlib oʻtdi.'ZIYO FORUM' Ilm-fan va taʼlim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz hamda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan jami 50 ta davlat va nodavlat oliy taʼlim dargohlarinin
Boysunda texnogen hodisa nega yana takrorlandi?
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Boysun tumani hududida joylashgan 'Mustaqillikning 25-yilligi' (M-25) konida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev ishtirokida 17-sentyabr kuni konda yana vodorod sulfid gazi sizib chiqishi oqibatida sodir boʻlgan texnogen hodisa yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.Xabaringiz bor, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da 'M-25' konidagi 604-sonli quduqda burgʻilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik
Navoiyda donorlar safi 202 nafarga yetdi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Qonning tirik organizmdagi ahamiyatini hech bir narsa bilan taqqoslab boʻlmaydi. U tanadagi barcha organlar faoliyatini hayotiy ozuqalar bilan taʼminlab, koʻp qon yoʻqotilishining asoratlarini faqat qon quyish bilangina bartaraf etish mumkin. Shunda ham qon quyishga muhtoj boʻlgan kishiga uning oʻzigagina xos guruh va faktordagi qondan foydalaniladi. Baxtga qarshi koʻpincha kutilmagan vaziyatlarda qonga ehtiyoj tugʻilib, uning oʻrnini biror dori-darmon yoki