' Hamqishloqlarimizning katta qismi asosan yerdan baraka topayotgan insonlar, ' deydi mehnat faxriysi Zokirjon Yigitaliyev. ' Yoshim yetmishdan oshganiga qaramay oʻzim ham gulchilik bilan shugʻullanaman. Hovlimda moʻjaz plantatsiya qilganman. Ham havas, ham biznes, deganday. Bilsangiz, erta bahorgi rediska birinchi boʻlib bizda yetiladi. Nafaqat Namangan, balki poytaxt bozorlarini ham ilikuzildi pallada ushbu darmondori bilan taʼminlaymiz. Yaqindan buyon Norinkapa bogʻlarida banan ham parvarishlanmoqda. Ilgari asosan chetdan keltiriladigan tansiq meva bugungi kunda mahalliy fermerning issiqxonasida yetishtirilmoqda.
Zokirjon aka tilga olgan fermer Muzaffar Moʻminov oʻz xoʻjaligini bundan oʻn yetti yil avval yoʻlga qoʻygan. Yetti gektarli bogʻi eng sara navdagi olma, shaftoli, gilos koʻchatlariga toʻla. Barchasining hosildorligi yuqori, mazasi ham shunga yarasha. Masalan, xorijdan olib kelib koʻpaytirilgan 'Volovoy' navli gilos mevasining donasi salkam yongʻoqday keladi, oltitasi odamni toʻydiradi. Muhimi, bozorbop. Joriy mavsumda 5,5 tonna hosil yigʻib olgan fermer shuning oʻzidan 110 million soʻm daromad koʻtardi. Anjir shaftoli xirmoni 10 tonnadan ortdi.
'Muzaffar oltin olchazori' fermer xoʻjaligida yerning har qarichi saxovatga toʻla. Bahordan kuzgacha boʻlgan mavsumda mevali koʻchatlar orasiga poliz, sabzavot ekinlari, koʻkatlar joylashtiriladi. Shu yoʻsinda ish olib borilib, 50 tonna tarvuz, 15 tonna kartoshka yetishtirildi. Hozirgacha toʻplangan daromad 350 million soʻmdan oshdi. Yaqin 200 million soʻmi sof foyda. Yaxshi biznes, mehnatchilari soni 9 kishidan iborat uncha katta boʻlmagan xoʻjalik uchun durust natija, shunday emasmi?!
' Bogʻdorchilik eng avvalo, yerga mehr, qolaversa, izlanib ishlash bilan barakali, ' deydi M. Moʻminov. ' Bunda, ayniqsa, mevali daraxtning yerga, iqlimga mos navini toʻgʻri tanlashda gap koʻp. Masalan, shaftoli koʻchatlari hosilga kirgach koʻpi bilan uch-toʻrt yil hosil beradi. Yangilab borish kerak. Limon, apelsin koʻchatlarini sinab koʻrdik, yerimiz suymadi chogʻi, kutilgan natijani bermadi. Oʻtgan yili tavakkal qilib bananchilikka qoʻl urdim. Ishim yurishganday, 10 sotixli issiqxonaga ekkandim, tezda hosilga kirdi.
Chindan ham fermer xoʻjaligining yopiq dalasiga oʻtqazilgan sitrus meva koʻchatlari yaxshi ildiz otdi. Banan koʻchatining yaxshi tomoni olti oyda nishon koʻrsatib, yil davomida meva tugar va navbatma-navbat pishib yetilaverar ekan. Havo harorati yuqori boʻlgan bahor, yoz oylarida, ayniqsa, hosil moʻl va barakali boʻladi. Bitta banan daraxti 23-24 kilogacha, donaga hisoblasa, 300-350 tagacha meva berishi mumkin. Mahsulotning xaridorligi eʼtiborga olinsa, uning savdosidan kelayotgan daromad ham maqtagulik darajada.
Qishloq tadbirkori keyingi paytlarda oʻz mahsulotlarini ichki bozordan orttirib, eksportga yoʻnaltira boshladi. Shaftoli, gilos Rossiyaga joʻnatilyapti. Bu yil ayni yoʻnalishda ham yaqin 20 ming dollardan koʻproq savdo qilindi. Boshlanishiga chakki emas. Mahalliy bozorda esa Norinkapada yetishtirilgan bananlar sotuvda. Toʻgʻri, ularning har biriga xorijniki singari yaltiroq tusdagi savdo belgilari yopishtirilmagan. Lekin oʻzimizning bogʻlarda, saxiy oʻzbek quyoshi taftidan bahra olib pishgan, mazasi boshqacha, gap shunda.
Vazirlar Mahkamasiga oid Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi
'Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida'gi Konstitutsiyaviy Qonun (OʻRQ-982-son 25.10.2024-y.) qabul qilindi.Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi ' ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlib, iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohalarning samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, Konstitutsiya va qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistonda ijro etuvchi hokim
Ayrim fuqarolar daromad solig‘idan ozod qilinadi
Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:
583-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari bohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endlib ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endtmoqda
Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 583-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2870 ta. Shundan 16 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 31 nafar birinchi marta ovoz beruvchilar ishtiroki kutilmoqda.Foto: Yunus Bo'riyev / 'Xalq so'zi'
Tuman va shaharlar byudjetlari daromadi oshiriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev maʼlum qilgan
Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor koʻrib chiqib, maʼqulladi.Xalqimiz deputatlardan bu dasturlardagi vazifalar ijrosi boʻyicha deputatlik va kengash nazoratini amalga oshirishda faol va tashabbuskor boʻlishni kutmoqda.2025-yildan yer, mol-mulk va aylanma soliqlarini toʻliq, daromad soligʻining esa kamida 50 foizini tuman va shaharning oʻzida qoldirish rejalashtiri