Toshkentda kotlovan sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi
Qayd etilishicha, holat kecha, 8-oktyabr kuni tumanning Bahor mahallasida sodir boʻlgan. Uy egasining oʻgʻliga koʻra, holat sodir boʻlgan vaqtda ota-onasi uy ichida boʻlgan.
'Oʻzim koʻchada edim. Telefon boʻlgach zudlik bilan yetib bordim. Qarasam, uyning bir qismi qulab tushibdi. Onam va otamning mazasi boʻlmay qoldi. Darhol tez tibbiy yordam va qutqaruvchilarga murojaat qildim.
Qutqaruvchilar qoʻshnimizning devorini buzib, uydan onam va otamni olib chiqishdi. Onamning sogʻligi yomonlashib qolgan ekan, shifoxonaga olib ketishdi. Tibbiy yordam koʻrsatilib, holatlari yaxshilangach qaytarib olib keldik.
Otam bungacha bir necha bor quruvchilarni kotlovanni yaqin qazmaslik boʻyicha ogohlantirgan ekan. Ammo hech narsa boʻlmaydi', deya bilganini qilishgan, deydi uy egasining oʻgʻli.
Uning qoʻshimcha qilishicha, ushbu qurilish ishlari noqonuniy tartibda amalga oshirilayotgan boʻlishi mumkin. Negaki, hududda mahalla aholisining aksariyat qismi qarshi boʻlishiga qaramay 'Toshkent mega stroy' MCHJ tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Tegishli masʼullarga qilingan murojaatlardan esa natija boʻlmagan.
Samarqandda “Nexia” va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir boʻldi
Qayd etilishicha, hodisa yilning 27-oktyabr kuni tongda roʻy bergan. Haydovchi 'Nexia' mashinasi bilan Jomboy tumani Gʻazira mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda ketayotib, oʻzi tomonda yoʻl chetida nosoz holda toʻxtab turgan 'Kamaz' yuk mashinasining old oʻng tomoniga urilgan.Oqibatda 'Nexia' haydovchisi ogʻir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan u kasalxonada vafot etgan.Taʼkidlanishicha, YHXB mutasaddilari va aholi vakillari ishtirokida
Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi
Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot
Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi
Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻ
YXHT kuzatuvchilari – Fargʻona saylov komissiyasida
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ayni kunlarda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)ning uzoq muddatli kuzatuvchilari ' Benedikt Uilyams va Mixael Xausmann Fargʻona viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.Fargʻona viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev bilan yuzma ' yuz muloqotda xorijlik kuzatuvchilar bir qator shahar ' tumanlarda boʻlib saylovchilar bilan suhbatlashgani hamda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan bogʻliq