calendar 28 Jul 14:05
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Energetika vazirligi elektr energiyasi rejali oʻchirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

image
Vazirlik 26-iyulda soatlik va kunlik elektr energiyasi isteʼmoli rekordi yangilangani haqida xabar eʼlon qilgandi. Qayd etilishicha, ushbu xabarda keltirilgan faktlar notoʻgʻri talqin qilinayotgan holatlar uchramoqda.

Xususan, bir qator Telegram kanallarda biri-biridan koʻchirib bosilayotgan postlarda yuqoridagi materialda keltirilgan maʼlumot ' 26-iyul Toshkent shahrida soat 11 dan soat 17 gacha ayrim isteʼmolchilarga kiritilgan qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar haqidagi fakt 'Elektr energiyasi 11 dan 17 gacha oʻchiriladi' mazmunida notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Ayrim saytlar ham rejali oʻchirishlar haqida yozmoqda.

Taʼkidlanishicha, Energetika vazirligi hech bir hududda bu kabi oʻchirishlarni rejalashtirmayapti. Xabarda faqat kelgusida kuzatilayotgan issiqlik fonida qaysidir hududda ortiqcha yuklama tufayli avariya holati yuzaga kelish ehtimoli paydo boʻlsa, oʻsha tarmoq yoki transformator toki sovib olguniga qadar qisqa muddat tarmoqdan uzib turilishi mumkinligi aytilgan.

Vazirlikning bildirishicha, ayni kunlarda ham generatsiya boʻyicha hech qanday tanqislik yoʻq va bu boʻyicha majburiy oʻchirishlar koʻzda tutilmagan. Energotizimda talabdan ortiq 1300 MVt zaxira quvvatlari mavjud.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:38
 
83
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doiras

15 Jun 10:46
 
19
0
xs.uz

Elektrdan nooqilona foydalangan korxona jarimaga tortildi

'Oʻzenergoinspeksiya' Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan 'T.' AJ tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilmasdan, elektr energiyasidan samarasiz va nooqilona foydalanib kelayotganligi aniqlandi.Ushbu qoidabuzarlik natijasida Oʻzbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi boʻyicha hisob-kitob qilinib, 108,5 million soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanildi.Taʼkidlash joiz, reaktiv q

18 Jun 21:55
 
18
0
xs.uz

Davlatimiz rahbari Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Parkent tumanidagi Kumushkon mahallasida boʻlib, sayyohlik salohiyati va mehmon uylarini koʻzdan kechirdi.Bu sohaga koʻplab imtiyozlar berilib, tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanmoqda. Turizm qishloqlarida zarur infratuzilma tashkil etilyapti. Bu imkoniyatlardan foydalanib, xonadonida mehmon uyi ochganlar talaygina.Oxirgi yillarda Kumushkonga sayyohlar kelishi koʻpaygan. Bugungi kunda saksondan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga

15 Jun 10:46
 
94
0
xs.uz

Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid