calendar 13 Jun 00:38
eye 46
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.

O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

O'zaro tovar ayirboshlash sur'atini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida muvofiqlashtirilgan choralar ko'rishga alohida e'tibor qaratildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi faol almashinuvlar va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, O'zbekiston va Rossiyada madaniy tadbirlar muntazam o'tkazib kelinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi yakunlandi.Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Tadbirlar yakunlangach, Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi. 'Vnukovo' xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Rossiya rasmiylari kuzati

08 Jun 02:26
 
15
0
xs.uz

Senatda AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2025-yil 5-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general Bobbi Jinn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xususan, xavfsizlik sohasidagi oʻzaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va AQSH munosabatlarining bugungi holatini muhokama qilar ekan, hamkorlik aloqal

08 Jun 02:26
 
12
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

16 Apr 15:12
 
65
0
xs.uz

Sirdaryo sohilida ekoturizm manzillari koʻpaymoqda

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo daryosi boʻylarida sayyohlik, dam olish maskanlari tobora koʻpaymoqda. Tez orada Sirdaryo tumanining Sholikor mahallasida 6.3 gektar maydonda tashkil etilgan ekoturizm majmuasi ham oʻz faoliyatini boshlaydi. 'RAVON-ARENA' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga koʻra 6 ta turarjoy binolari qurib bitkazildi va ular mebellar bilan jihozlandi. Basseyn, bolalar yopiq mini oʻyingohi ham qurildi. Taʼkidlash loz