calendar 20 Jul 13:04
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yil boshidan beri O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq shaxs qamaldi

image

2024 yilning dastlabki 6 oyida 10 mingdan ortiq shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan.

Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan, 516 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 16 624 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 5 620 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 6 976 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.

Shu bilan birga, 71 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Hisobot davrida ko‘rilgan jinoyat ishlarining aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish hamda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar bilan bog‘liq jinoyatlar tashkil etadi.

Bildirilishicha, yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 6 337 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan. Apellyatsiya tartibida 6 395 nafar shaxsga nisbatan 4 798 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 307 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 1 311 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan.

Kassatsiya tartibida 1 636 nafar shaxsga nisbatan 1 493 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 106 nafar shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 369 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Taftish tartibida 2 560 nafar shaxsga nisbatan 2 188 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 45 nafar shaxsga nisbatan quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 337 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 590 nafar shaxsga nisbatan 504 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 49 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 121 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
47
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak

19 Jul 13:03
 
112
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Komissiyasi Prezidentiga maktub yoʻlladi

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishda, mamlakatimizdagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda Yevrokomissiya Prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida taʼkidladi.Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuksak bosqichga koʻtari

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Markaziy bank asosiy stavkani pasaytirdi

Inflyatsiyaning kutilayotgan dinamikasi va inflyatsiyani oshiruvchi xatarlarning kamayganligini inobatga olib, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5 foiz bandga pasaytirib, yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, iyun oyida umumiy inflyatsiya yillik 10,6 foiz darajasida shakllanib, inflyatsiyaning barqaror komponentlari va meva-sabzavotlar narxlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Tash

26 Jul 10:20
 
78
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak