Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Manbaga koʻra, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Qashqadaryoda ikkita qishloqqa “Turizm qishlogʻi” maqomi berildi
Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Kitob tumanining Qaynar hamda Bashir qishloqlariga 'Turizm qishlogʻi' maqomi berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda maqomni tasdiqlovchi sertifikatlar ushbu qishloqlar aholisiga tantanali tarzda topshirildi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, sohada faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Unda'soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼk
Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,
Bogʻchaga ketgan 2 yashar qizcha ariqqa choʻkib halok boʻldi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 2 yoshli qiz bogʻcha yaqinidagi ariqqa choʻkib halok boʻldi. Bu haqda 'Millar' koʻrsatuvida'xabar berildi.Lavhada qayd etilishicha, holat joriy yilning 20-may kuni Qamashi tumanidagi xususiy bogʻchalardan birida sodir boʻlgan.Bogʻcha xodimi bergan koʻrsatmaga koʻra, bolalarning yarmi uxlatish uchun xonaga olib kirilgan, boshqalari hovlida qolgan. Ulardan biri nazoratsiz qolgani sababli koʻchaga chiqib, bogʻcha atrofidagi ariqqa tushib ketgan.Bosh
Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga