calendar 22 Jul 12:08
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

image
' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.

Bitiruvchilarga diplomlarni topshirish marosimi tantanalari haqiqiy bayram tusini oldi. Unda soʻzga chiqqan viloyat sektorlari rahbarlari mamlakatimizda taʼlim, kelajak avlod tarbiyasiga katta eʼtibor berilayotgani, bu mehnat faoliyatini boshlovchi yosh oʻqituvchilar uchun katta masʼuliyat va sharaf ekanini eʼtirof etdi. Ayniqsa, soʻnggi yillarda institut nufuzi oshib, uning moddiy texnik bazasi tubdan takomillashtirilishi, zamon talabidagi kommunikatsiya tarmoqlari talabalarga masofaviy oʻqitish, internetdan keng foydalanish imkoniyatini berayotganligi ilm yoʻlini tanlagan yoshlar yangi-yangi dovonlar zabt etishiga qanot boʻlmoqda.



' Ayni kunlarda 15 gektarlik maydonda institutimizning yangi binosi qurilishi boshlanmoqda, ' deydi Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Muhiddin Kalonov. ' Ushbu hududda 12 ming oʻrinli oʻquv binolari, 2400 oʻrinli talabalar uylari va boshqa bir qator inshootlar qad rostlaydi. Yangi oʻquv yilimizning yana bir muhim yangiliklari ' yoshlarning barkamol shaxs sifatida taʼlim va tarbiya olishlaringiz uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga eʼtibor qaratamiz. Xususan, institutimizda 'viloyat Hokimi stipendiyasi', 'Munozara' intellektual oʻyini boʻyicha Hokim kubogi musobaqasi, shuningdek, viloyat hokimi tashabbusi bilan institutda 'Startap loyihalar' tanlovi oʻtkazilib gʻolib loyihalar viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Tantanalarda soʻz olgan ota-onalar taʼlimdagi islohotlardan minnatdorligini alohida izhor etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
50
0
xs.uz

“Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston”

Oʻzbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan oʻrni va mavqeyi, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar boʻyicha ilgari surayotgan koʻplab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.Muallifning koʻp yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli boʻlgan kitob qu

15 Jul 12:03
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi BRICSning X parlament forumida ishtirok etdi

Tadbirda ilm-fan, taʼlim, turizm, sanʼat va madaniyat, yosh parlament aʼzolari bilan ishlash sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Yalpi majlisda Oʻzbekiston delegatsiyasi yurtimizda taʼlim, madaniyat, turizm sohalariga qaratilayotgan eʼtibor, erishilayotgan yuksak natijalar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.Forum ishtirokchilari fan, taʼlim, madaniyat va turizm sohalarini rivojlantirish, gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar huquq va manfaatl

19 Aug 07:04
 
14
0
xs.uz

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident 'Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida'gi qonunni imzoladi.Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Organizmning barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bogʼliq?

Xoʼsh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy taʼsir etishi mumkin?'Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Nozimaxon Nazarova javob berdi.'Inson tanasi murakkab boʼlib, uning barqaror ishlashi koʼp jihatdan gormonlar muvozanatiga bogʼliq. Ular biologik faol moddalar boʼlib, asosan, ichki sekretsiya bezlarida hosil boʼladi va organizm funktsiyalarini ta