calendar 08 Sep 16:44
eye 32
comments 0
comments Manba: xs.uz

Diqqat: bir saylovchiga boshqalar uchun ovoz berishga yoʻl qoʻyganlar javobgarlikka tortiladi

image
Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi. Ushbu qoʻshimchalar orasida bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik ham bor.

Maʼlum boʻlishicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning aʼzosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Shuningdek, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritildi.

Ushbu huquqiy normaning joriy etilishi 27-oktyabr sanasida yurtimizda oʻtkaziladigan Parlament saylovlari oldidan juda muhim oʻzgarish hisoblanadi.

Avvalroq, Oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻproq sayohat qilishayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
30
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

25 Sep 13:14
 
28
0
xs.uz

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga oid Hukumat Qarori qabul qilindi

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targʻibotning innovatsion usullaridan foydalaniladi. Bu toʻgʻrisida '2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi.Maʼlum boʻlishicha, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. Bunda bir nechta ishlar amalga oshiriladi.Birinchidan, sh

20 Sep 00:21
 
38
0
xs.uz

Surxondaryodagi xonadonda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.D. yashash xonadonining yordamchi xoʻjaligida yashirin ravishda qoʻlbola yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelganligi aniqlangan.Us

20 Sep 00:21
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston elchisi Fransiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Oʻzbekistonning yangi elchisi Nodir Gʻaniyev kecha Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Manbaga koʻra, rasmiy marosim doirasida boʻlib oʻtgan suhbatda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Toshkent va Parij oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbolini yuqori baholagan.Shuningdek, u 2023-yil noyabr oyida Samarqandga boʻlgan rasmiy tashrifini iliq taassurotlar bilan eslab, oliy darajadagi siyosiy muloqotni da