calendar 25 Sep 13:14
eye 58
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

image


Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.

Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi uchun Qozogʻiston prezidentining farmoni bilan II darajali 'Dostыq' ordeni bilan ham taqdirlangandi.

Toshkent politexnika institutini (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tamomlagan Saidikrom Niyozxoʻjayev 59 yoshda. 2015-yilda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari etib tayinlanguniga qadar Prezident administratsiyasi va hukumat tuzilmalarida masʼul lavozimlarda, jumladan, davlat maslahatchisi oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Qayd etish kerakki, Saidikrom Niyozxoʻjayev 2020-2024-yillarda Oʻzbekistonning Bishkekdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Xurshid Mirzohidov oʻrniga tayinlandi.

Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
43
0
xs.uz

Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir - Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Oʻzbekiston-Pokiston biznes forumida ishtirok etdilar.Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Pokiston tomonidan 'Al-Rafique Enterprises,' 'Mehran Dates Products', 'Brighto Chemicals', 'Transfopower Industries', 'FWO', 'T.M.C', 'Pakistan Mobile', 'TCS' va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.Davlatimiz rahbari oʻz

20 Mar 12:54
 
20
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

22 Mar 08:54
 
4
0
xs.uz

Xitoy Raisi Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan qutladi

O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaMuhtaram Prezident janoblari!Xitoy taqvimi bo'yicha Yangi yil bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigingiz uchun Sizga samimiy minnatdorligimni izhor etaman.O'zbek xalqining an'anaviy Navro'z bayrami munosabati bilan Xitoy hukumati va xalqi nomidan Sizga, O'zbekiston hukumati va xalqiga samimiy tabriklarimizni yetkazmoqchiman.Ming yillik tarixga ega Navro'z bahor kelishi va tabiat uyg'onishini ifodalab, o'zbek xalqining bax

06 Mar 16:12
 
29
0
xs.uz

Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimi joriy etiladi

Farmonga ko'ra, ko'chmas mulk obyektlarining bozor narxiga yaqin bo'lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo'llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o'sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:' respublikadagi mavjud 8 milliondan ortiq turar va noturar joylar, 7 millionga yaqin yer uchastkalarining iqtisodiy aktiv sifatidagi qiymatini aniqlash;' ko'chmas mulk obyektining soliq solis