calendar 20 Mar 12:54
eye 53
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

image
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.

Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.

Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik' dasturi doirasida kichik va oʻrta biznesga 100 million dollar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 'yashil' va innovatsion loyihalar uchun 200 million dollar, Fransiya taraqqiyot agentligi ayollar tadbirkorligi uchun 30 million yevro ajratmoqda.

Uchrashuvda ushbu tashkilotlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari soʻzga chiqib, oʻz fikr va takliflarini aytdi.

Davlatimiz rahbari ular vakillik qilayotgan tuzilmalarga koʻrsatilayotgan koʻmak uchun minnatdorlik bildirdi, hamkorlik yanada kengayishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini taʼkidladi.

Prezidentimiz bugun muhokama qilingan dolzarb masalalar: raqobatbardosh boʻlish, yangi bozorlarga kirib borish, standart, yangiliklarga oʻqitish, brend yaratish, startaplarni yuzaga chiqarib, koʻpaytirish uchun Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Kichik biznes bilan ishlashga mahalladagi hokim yordamchisi, mahalla bankiridan tortib, banklar, bandlik vaziri hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarigacha juda katta tizim safarbar qilingani taʼkidlandi.

Mutasaddilarga, viloyat hokimlariga kichik biznes vakillari bilan samarali muloqotni yoʻlga qoʻyib, ular koʻtargan tizimli masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Davlatimiz rahbari kichik va oʻrta biznes vakillari bilan muloqot qildi, ularning fikr va takliflarini tinglab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

'Yangi Oʻzbekistonning biznes salohiyatini oshirishda biz sizlarga ishonamiz.

Bir narsadan koʻngillaring toʻq boʻlsin: Prezident doimo sizlarga eng yaqin koʻmakchi, tayanch va suyanch boʻladi. Sizlar yangilik qilishdan charchamanglar, men qoʻllab-quvvatlashdan charchamayman.

Shu maqsadda bugun muhokama qilingan, sizlarning hamma taklif va tashabbuslaringiz oʻrin olgan farmonni imzolayman. Ushbu farmonning barcha yengilliklari bugundan qoʻshimcha hujjatlarni kutmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amaliyotga kiritiladi', dedi Prezident uchrashuv yakunida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
46
0
xs.uz

Bizning uchrashuvimiz jadal va oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan global jarayonlar sharoitida o‘tmoqda – Shavkat Mirziyoyev

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli xonimlar va janoblar!Sizlarni 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi sammitida qutlashdan g'oyat mamnunman.''Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta Janobi Oliylariga, Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen Xonim Oliyalariga, mening barcha hamkasblarim ' mintaqa mamlakatlari yetakchilariga sammitni aynan shu zaminda, qadimiy Samarqand shahrida o'tkazish borasidagi tashabbusimizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildira

21 Apr 08:34
 
766
0
xs.uz

Davlat rahbari sanepidxizmat foliyatidagi kamchiliklarga toʻxtaldi

Taʼkidlanganidek, sut va goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzining mahsulotiga Sanepidqoʻm xulosasini olish tizimidan norozi.Masalan, yiliga 100 million dollarlik bolalar ozuqasi import boʻlmoqda. Lekin zamonaviy uskuna keltirib, zavod qurgan tadbirkor Sanepidqoʻm xulosasi yoʻqligi uchun ishlab chiqarishni boshlay olmayapti. Xulosa berish uchun esa standart yoʻq.Qoʻmita rahbariyati 'bu mahsulotga bizda standart yoʻq', deb kutib oʻtirmasdan, oʻzi tashabbus qilib, tadb

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

16 Apr 15:12
 
46
0
xs.uz

Buxoro qarolisining shuhratini qayta tiklaylik

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Oʻshanda 2018-yilning sentyabri edi. Davlatimiz rahbarining 'Buxoro-agro' erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori ijrosi doirasida xalqaro forum oʻtkazildi. Qator davlatlardan kelgan soha vakillari Buxoro tumanidagi 'Madaniyat, Muhammad, Ismat' fermer xoʻjaligi faoliyati bilan ham tanishdi. Xoʻjalikning moʻjazgina fayzli bogʻi hammani oʻziga maftun etdi. Shunda eronlik mehmon Said Abbos Karbosiyning bir juft qaroli old