' Yurtingiz, tuprogʻingiz bamisoli jannatning bir boʻlagi, ' deya tarjimonga yuzlandi u. ' Bizda Buxoro olusi juda qadrlanadi. Chunki u inson salomatligi uchun behad foydali.
Guruhimizga hamrohlik qilayotgan shifokor ham bu fikrni tasdiqladi. Doktorning aytishicha, qaroli minerallarga boy meva sanaladi. Unda kishi organizmini nojoʻya taʼsirlardan saqlaydigan antioksidantlar bor. Qaroli yurakni baquvvat qilibgina qolmay, saratonga oʻxshash ogʻir xastaliklar yoʻliga gʻov boʻladi. Immunitetni mustahkamlaydi. Qon aylanishini yaxshilaydi. Sharbati foydali. Murabbosi mazali.
' Eronda 'oliyi Buxoro' deb ataladigan meva bizni qiziqtirib qoʻydi, ' deydi yaqinda shu davlatda ijodiy safarda boʻlib qaytgan Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimi Oʻktamali Ravshanov. ' U baayni oʻzimizning qaroli. Bu mevani hamma suyib isteʼmol qilar ekan. Sherozdagi bir qishloq keksalari bilan suhbatlashganimizda ularning ota-bobolari qadimda Buxoro tomonlardan qaroli koʻchatlarini keltirib bogʻlar barpo etishganini aytib berishdi. Uning 'oliyi Buxoro', yaʼni Buxoro olusi deb atalishi sababi shunda ekan.
Bu maʼlumotlardan keyin buyuk ajdodimiz Mirzo Boburni eslamay boʻlarkanmi? 'Yana Buxoro qarolisi mashhurdir. Buxoro qarolisidek qaroli hech yerda boʻlmas: poʻstini archib, quritib, tabarruk qilib viloyatdan viloyatga eltadilar', deya yozadi u 'Boburnoma' asarida.
' Bilishimcha, siz nazarda tutayotgan qaroli bu olxoʻrining bir turi sanaladi, ' deydi mehnat faxriysi Hakim Rajabov. ' U kuzda pishadi. Biz tengi avlod yaxshi eslasa kerak: bir paytlar ayollarimiz uni quritilgan tut shoxiga marvariddek terib, uy shipiga turnaqator tizib qoʻyishardi. Shiraga toʻlgan qaroli tabiiy holda qurib qoqiga aylanardi. Qish-qirovli kunlarda u darmondori vazifasini oʻtardi. Biram mazali ediki, asti qoʻyavering.
Afsuski, paxta yakkahukmronligi davrida bogʻdorchilikka eʼtibor susaydi. Mevazorlar sahni qisqardi. Qarolizorlarni-ku aytmay qoʻya qolaylik. Ahvol shu darajaga yetdiki, ayrim yoshlar olxoʻrining ertapishar navlari bilan qarolining farqiga bormay qoʻydi. Vaholanki, qarolizorlar barpo etishning turgan bitgani foyda. Avvalo, bu meva koʻchati Buxoroning mahalliy iqlim sharoitiga mos. Xalq tili bilan aytganda, koʻchati 'shoʻx'. Tez unib-oʻsadi. Moʻl hosil beradi. Qolaversa, Mirzo Bobur nazarda tutgan, tabarruk deya tilga olgan qaroli inson salomatligi uchun juda foydali. Boz ustiga u eksport qilinsa, mevasidan tabiiy sharbatlar tayyorlansa moʻmay daromad koʻrish mumkin.
Darvoqe, viloyat statistika boshqarmasi maʼlumotlariga qaraganda, Buxoroda 2025-yilning yanvar holatida olxoʻri maydonlari 532,7 gektarni tashkil etdi. Shuning 511,3 gektaridan hosil olinmoqda. 2024-yilda 9, 6 ming tonnadan ziyod olxoʻri yetishtirilgan. Sezganingizdek, hisob-kitobga olxoʻrining ertapishari ham kiritilgan. Negaki, roʻyxatga qaroli alohida band qilib kiritilmagan. Eksport masalasiga kelsak, viloyatda oʻtgan yil salkam 470 tonna olxoʻri xorijiy buyurtmachilarga yetkazilgan. Bu olxoʻrining yozda pishadiganiga daxldor raqam. Negaki, roʻyxatning 1-oktyabr ' 31-dekabr holatidagi 'toza olxoʻri' degan bandiga nazar tashlansa, bu oraliqda eksport amaliyoti bajarilmagani maʼlum boʻladi. Bu qaroliga tegishli gap. Chunki, taʼkidlanganidek, u kuzda pishadi.
Sir emas, keyingi yillarda yurtimizda bogʻ-rogʻlar yaratishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 'Yashil makon' umummilliy loyihasi doirasida oʻrikzor, olmazor-u nokzorlar barpo etilyapti. Deylik, Buxoroda birgina dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari ixtiyorida hozir 1469 gektar olmazor bor. Bu bogʻ-rogʻlarning roʻzgʻorni but, bozorlarni toʻkin etayotganiga zigʻircha shak-shubha yoʻq. Shu jarayonda qarolizorlar barpo etishga ham eʼtibor kuchaytirilsa ayni muddao boʻlardi. Toki, Buxoro qarolisining shuhrati qayta tiklansin! Dongʻi dunyoga ketgan yana bir tabarruk neʼmat bu koʻhna yurtning brendiga aylansin!
Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid
Prezident choʻkayotgan qizchalarni qutqarib, halok boʻlgan fuqaroni mukofotladi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning'maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev shu yilning 5-may kuni sodir boʻlgan mashʼum voqeada qahramonlarcha halok boʻlgan Abdumannop Samiqovni 'Jasorat' medali bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan.'Mard va jasur vatandoshimiz Abdumannop Samiqov oʻzini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Lekin, afsuski, baxtsiz hodisa roʻy berdi ' bu ezgulik yoʻlida uning oʻzi qahramonlarcha halok boʻldi.Maʼlum boʻlishicha, bu fido
Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi.Suhbat avvalida vazir Oʻzbekiston yetakchisiga Afgʻoniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish
Tomdilik abituriyentlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi
Temur ESHBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 'Dolzarb 90 kun' loyihasi doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetida tomdilik yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. 30 nafarga yaqin abituriyent jalb qilinib, ularga matematika, fizika, ingliz tili, kimyo, biologiya, huquq, ona tili kabi fanlardan universitetning professor-oʻqituvchilari tayyorlov kurslarini oʻtishmoqda.' Bundan koʻzlangan asosiy maqsad oli