calendar 03 Sep 21:35
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 60 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Afv etilganlarning 19 nafarini chet el fuqarolari, 56 nafarini ayol, 25 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 233 nafarini yoshlar (shulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 27 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Taʼkidlanishicha, farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish boʻyicha masʼul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 11:23
 
53
0
xs.uz

Noqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsuloti fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax, Andijon va Namangan viloyat boʻlimlari tomonidan noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan bir qator shaxslar ushlandi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan B.M.ning savdo doʻkoni va avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda sotish maqsadida noqo

08 Sep 16:44
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev qirgʻizistonlik sanʼatkorlarni mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniMamlakatlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari hamda strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, musiqa va qoʻshiqchilik yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida muloqotni kengaytirish, mushtarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanala

26 Jul 10:20
 
33
0
qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudga qadar koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Quyidagilar tasdiqlandi:● shaharsozlik sohasidagi nizolarni sudgacha hal qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; ● shaharsozlik sohasidagi nizolarni tekshirish va hal qilish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibi.'Shaffof qurilish' milliy axborot tizimida Shaharsozlik sohasidagi nizolarni hal qilish natijalari reyestri yaratiladi.Shaharsozlik sohasidagi nizo