calendar 26 Jul 10:20
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

FVV quyosh urishidan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kunlar keskin isib ketishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan quyosh urishi holatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Ma’lumki, ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin.

FVVga ko‘ra, quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:

  • Iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslik.

  • Tabiiy matolar (paxta, kanop va boshqalar) dan tayyorlangan kiyim kiyish.

  • Albatta, yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiyish. Ko‘zga quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish.

  • Suv ichish rejimiga amal qilish. Tartibsiz ko‘p miqdorda suv ichish faqat chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zo‘riqtiradi. 

  • Quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish.

  • Quyoshda bo‘lib qaytgandan so‘ng, dush qabul qilish yoki ho‘l sochiq bilan artinish.

  • Och qoringa yoki ovqat yegandan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmaslik.

Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:

  • darmonsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i va chanqash kuzatiladi;

  • bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada og‘riq bo‘lib, puls va nafas tezlashadi. Ayrim paytlarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin.

  • yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yo‘qotishi mumkin.

  • ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatilishi mumkin.

Quyosh urishining og‘ir shaklida ter ajralishi to‘xtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Quyosh yoki issiq urganda birinchi tibbiy yordam

Qayd etilishicha, birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri ko‘rsatish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Asosiysi, kishi o‘zini yo‘qotmasdan hammasini to‘g‘ri va tez bajarish zarur.

  • bemorni salqin joyga o‘tkazish, chalqancha yotqizish, boshini salgina ko‘tarib qo‘yish, kiyimlarini yechish, butunlay tinch muhit yaratish va toza havo kelishini ta’minlash;

  • agar bemor hushida bo‘lsa achchiq choy yoki sovuq suv ichirish, (yaxshisi suvga 0,5 litrga 0,5 choy qoshiqda tuz qo‘shish);

  • boshini sovuq suv bilan ho‘llash yoki boshiga nam sochiq qo‘yish;

  • og‘ir holatlarda bemorni ho‘llangan choyshab bilan o‘rab qo‘yish yoki ustidan sovuq suv quyib turish mumkin, lekin ehtiyot bo‘lish kerak (tana harorati 30 gradusdan tushib ketmasligi kerak). Agar iloji bo‘lsa qon tomirlari ko‘p bo‘lgan qo‘ltiq osti, chov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suv to‘ldirilgan idish qo‘yish kerak;

  • quyosh yoki issiq urgan bemorlarni yaqin o‘rtadagi davolash muassasasiga olib borish zarur. Og‘ir hollarda esa zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish zarur.Ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6-8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet 25-29 iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Charos O‘ralova 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 13:55
 
115
0
xs.uz

Shohimardonda kichik GES ish boshladi

Mazkur inshoot yiliga 13 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, yiliga 3,5 million metr kub tabiiy gaz sarfining oldini olishga xizmat qiladi. Yangi inshoot mahalliy aholining elektr energiyaga boʻlgan talabini toʻliq taʼminlash bilan birga ehtiyojdan ortganini qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasiga ham eksport qilish imkoniyatini beradi.' Kichik GESning ishga tushishi iqtisodiy jihatdan gʻoyatda foydali, ' deydi 'Shohimardon' mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi Ru

18 Jul 12:51
 
74
0
qalampir.uz

YHXXga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Sherzod Ibragimov tayinlovga qadar IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2019 yildan bugungi kungacha IIV Jamoat xavfsizligi depart

26 Jul 10:20
 
32
0
xs.uz

Oqlanmagan ishonch yoxud erishilgan yutuqlarga mahliyo boʻlishning davri oʻtdi

Mamlakatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan har bir fuqaro, oilaning oʻy va tashvishidan xabardor boʻlish, yillar mobaynida yigʻilib qolgan muammolarning yechimini topish, odamlarning erta yoki yaqin istiqbolda emas, aynan shu kundan eʼtiboran hayotdan rozi yashashini taʼminlash siyosati Qizilqum kengliklarida ham oʻz samaralarini bera boshlaganiga ancha boʻldi.Chunonchi, Prezidentimizning 2017-yil 25-apreldagi 'Navoiy viloyatining olis choʻl tumanlari aholisi turmush darajasini yan

22 Jul 22:05
 
85
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda tabiatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Qashqadaryoda tabiiy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Qamashi tumani “Sarbozor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqadaryo” daryosida olib borilgan reyd davomida daryo o‘zanidan noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinganligi ma’lum bo‘lgan. Aniqlanishicha, bir holatda 1743,7 metr kub tabiiy