calendar 22 Jul 22:05
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qashqadaryoda tabiatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazildi

image

Qashqadaryoda tabiiy qum qazib olinishi oqibatida tabiatga 6 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qamashi tumani “Sarbozor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Qashqadaryo” daryosida olib borilgan reyd davomida daryo o‘zanidan noqonuniy tarzda tabiiy qum qazib olinganligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, bir holatda 1743,7 metr kub tabiiy qum qazilgan va tabiatga 2 milliard 615 million 550 ming so‘mlik zarar yetkazilgan. Ikkinchi holatda esa 2465 metr kub tabiiy qum qazib olingani va tabiatga 3 milliard 697 million 500 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Har ikki holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar aybdorlarni aniqlash, holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil 1 maydan boshlab Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo daryolari o‘zanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilingan. Bu davrda qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
29
0
xs.uz

Namanganda axborot texnologiyalari sohasi yangi bosqichga koʻtarildi

Matbuot anjumanida 'Synergy Hub Academy' xorijiy korxonasi va 'RealSoft Namangan' masʼuliyati cheklangan jamiyatlari loyihalarining taqdimoti oʻtkazildi. Birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining 'Sinergiya' korporatsiyasi Namanganda raqamli kasblar texnikumi tashkil etgani haqida batafsil gap bordi.' Mazkur texnikum Sinergiya universitetining Namanganda amalga oshirayotgan pilot loyihasi boʻlib, axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan kasblarni yoshlarga oʻrgatish maqsad qilingan

26 Jul 10:21
 
28
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

11 Aug 03:43
 
19
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro'y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.O'zbekiston Yaponiya tomonining 'Markaziy Osiyo + Yaponiya' birinchi sammitini o'tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarin

15 Jul 12:03
 
74
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.