calendar 11 Aug 03:43
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

image
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro'y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.

O'zbekiston Yaponiya tomonining 'Markaziy Osiyo + Yaponiya' birinchi sammitini o'tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarini ko'chirish to'g'risidagi qarorini to'liq tushunishi ta'kidlandi.

Tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

22 Jul 18:49
 
48
0
xs.uz

Prezidentga sport va olimpiya harakati rivoji boʻyicha axborot berildi

Bugun, 22-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashgʻulot zallari, 'workout' maydonchalari, yugurish yoʻlaklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.Mahallalardagi sogʻ

22 Jul 12:15
 
72
0
qalampir.uz

Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota ajratiladigan bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishida keltirilgan. Prezident farmoyishiga ko‘ra, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo

19 Jul 09:26
 
60
0
qalampir.uz

Endilikda avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

O‘zbekistonda 2024 yil 1 avgustdan boshlab avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida so‘z boradi.  Unda raqamlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlar raqam belgilari” modulida avtomatik