calendar 22 Jul 12:15
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota ajratiladigan bo‘ldi

image

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishida keltirilgan.

Prezident farmoyishiga ko‘ra, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo‘shimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abituriyentlar 2024/2025-o‘quv yilida tanlagan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, to‘plagan baliga mos ravishda davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Bu degani endilikda qo‘shimcha ball beriladigan imtiyozlar, eng asosiysi Temurbeklar maktabi bitiruvchilari agar o‘tish bali uchun yetarli ball to‘play olsa, unda ular uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bunda oldindan qo‘shimcha kvota soni ma’lum qilinmaydi, chunki necha nafar bitiruvchi o‘qishga kira olishi oldindan ma’lum bo‘lmaydi. Mandatdan keyin imtiyozlilarga nechta grant yoki nechta kontrakt ajratilishi aniq bo‘ladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 14:22
 
117
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirish boshlandi

Bugun, 15 iyuldan OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:   transfer.edu.uz – davlat OTMning biridan boshqasiga;    my.uzbmb.uz – xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy

14 Aug 06:37
 
12
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq

Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi'qayd etildi.Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Turkiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali'muloqot qildi.Suhbat avvalida Turkiya rahbari Oʻzbekiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, joriy yil 5-6-iyun

15 Jul 16:17
 
202
0
qalampir.uz

Jazo koloniyalarida alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida ushbu muassasalarda alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihas