calendar 14 Aug 06:37
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq

image
Bugun, 12-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda har bir tumanni sanoat tarmoqlariga ixtisoslashtirish zarurligi'qayd etildi.

Viloyatda 3 ta yirik gaz-kimyo loyihasi, 10 ta quyosh va shamol stansiyasi qurilayapti. Ularga 1 milliard dollarlik ehtiyot qismlar kerak boʻladi.

Bu ehtiyojni qondirishni oʻylash oʻrniga, viloyatda bir xil mahsulot ishlab chiqarilib, yangisini yaratish va innovatsiya olib kelish ustida ishlanmayotgani qayd etildi.

Viloyatda 1,5 million tonna meva-sabzavot tayyorlanadi. Bu ' Buxoro ehtiyojidan 2 barobar koʻp. Lekin, ularni atigi 11 foizi qayta ishlanadi, 30 foizi tashishda isrof boʻladi. Viloyatning 4 ta kichik agrologistika markazi quvvati 66 ming tonna mahsulotni qayta ishlashga yetadi, xolos.

Mutasaddilarga ushbu zaxiralarni hisobga olib har bir tumanni ixtisoslashtirishga qaratilgan dastur tayyorlash topshirildi.

Buxoro paxtasi tashqi bozorda eng xaridorgir. Xitoydan jalb qilingan olimlar bilimidan foydalanib, kelgusi yilda 50 foiz maydonda hosildor paxta va gʻalla yetishtirishga hozirdan tayyorgarlik qilish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda aytilgan muammolarning sababi ham, yechimi ham professional kadrlar tayyorlash bilan bevosita bogʻliq, dedi davlatimiz rahbari.

Kasbga oʻqitish mehnat bozoridagi talab va yoshlar qiziqishini hisobga olmasdan, mavjud oʻqituvchilar doirasida amalga oshirilayotgani koʻrsatib oʻtildi. Yoshlarning atigi 2 foizi dual taʼlim shaklida oʻqitiladi, viloyatdagi 30 ming korxonadan 350 tasi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan, xolos. Natijada quvvati 28 ming oʻquvchi boʻlgan kollej va texnikumlarga qabul 50 foizga yetmaydi.

Shu munosabat bilan quvvatidan toʻliq foydalanmayotgan oʻquv binolari va xonalari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berilishi belgilandi. Tushgan mablagʻlar binolarni taʼmirlash va uskunalar xarid qilishga sarflanadi. Yagona shart ' bu yerda yoshlarni kasbga oʻqitib, ishli qilish. Mutasaddilarga bu imkoniyatdan foydalanib, bu yil 30 ta kollej va texnikumda xususiy oʻquv kurslarini boshlash topshirildi.

Maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda yoshlar ishlab chiqarayotgan tovarlarni davlat xaridi platformalarida sotishdagi cheklovni olib tashlash vazifasi qoʻyildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 16:56
 
125
0
qalampir.uz

Namanganda ikki kishi 21 yoshli bank kassirini 3-qavatdan tashlab yubordi

Namangan viloyatida ikki nafar xaridor bank xodimini qasddan 3-qavatdan itarib yubordi.  Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Namangan shahridagi “Obihayot” MFY Ibrat ko‘chasida ijara asosida istiqomat qiluvchi 22 yoshli X.M. va uning tanishi N.L. 21 yoshli bank kassiri M. A. bilan o‘zaro tortishgan. Ular bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida uni qo‘p qavatli xonadonning yotoqxona oynas

19 Jul 10:58
 
68
0
xs.uz

Toshkentda hokimlik tomonidan qurilgan avtobus bekati 3 kun oʻtmay qulab tushdi

Maʼlum qilinishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab boʻlgan.Qayd etilishicha, hodisa tunda sodir boʻlgani uchun hech bir fuqaro va yoʻlovchiga zarar yetmagan, hozirda masʼul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini koʻrgan holda maxsus avtobus yoʻlaklarida jamoat transportini kutishlari soʻraldi.Maʼlumot uchun, 2- va 5-avtobus saroyi tasarruf

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollar

26 Jul 10:20
 
45
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M