calendar 26 Jul 10:20
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

image

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi. 

Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “Muruvvat” internat uyi, Andijon tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga amalga oshirilgan monitoringlar davomida 3 nafar xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 35 nafar xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 2-son ruhiy asab kasalliklari dispanseri va Farg‘ona viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasining 6 nafar, Qashqadaryo viloyatidagi shahar, tuman vaqtincha saqlash hibsxonalarida faoliyat yurituvchi 9 nafar ichki ishlar organlari  xodimlariga nisbatan intizomiy  jazo chorasi qo‘llanilgan. Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanserining 1 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan.

Ombudsman nomiga 2024 yil 1-yarim yilligida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 95 ta shikoyat kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davrida 125 tani tashkil etgan.

Shikoyatlarning 8 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsman murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 35 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi. Ombudsmanning nazorat xatiga ko‘ra, 1 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

52 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 14:15
 
85
0
xs.uz

Toshkentda erkak 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketdi

Maʼlum qilinishicha, Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga joriy yilning 6-iyul kuni nomaʼlum kimsa 51-yoshli E.V.ga tegishli fermer xoʻjaligi hududiga kirib, 7 tup 35 mln soʻmlik qoraqaragʻayni oʻgʻirlab ketgani haqida xabar kelib tushgan.Koʻrilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlangan 35 yoshli T.D. (erkak) ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan jinoy

21 Jul 14:13
 
80
0
xs.uz

AQSHda oʻzbekistonlik erkak oʻz onasi, kelinoyisi va ikki jiyanini oʻldirgani aytilmoqda

AQSHda 24 yoshli oʻzbekistonlik erkak oilaning toʻrt nafar aʼzosi ' oʻz onasi, akasining rafiqasi va ularning ikki kichik farzandini oʻldirganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.Maʼlum qilinishicha, voqea 19-iyul, juma kuni kechga yaqin Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi uylarning birida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni tunda gumonlanuvchining akasi uyga kelganida, xonadon ichida xotini, ikki yosh bolasi va onasini pichoq bilan jarohatlangan holda koʻrgan, soʻngra polits

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Yalpi majlisda Suv xo‘jaligi vazirligining axboroti eshitildi

Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida Suv xo'jaligi vazirligining suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohaning boshqarish mexanizmlarini hamda qonunchilik bazasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi. Ta'kidlanganidek, Senat suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash vazifalari ijrosiga alohida e'tibor qaratgan

03 Sep 21:34
 
12
0
xs.uz

Toshkent shahrining ikki tumanida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi

Toshkent shahrining ikki tumani ' Bektemir va Yunusobodda bir kun davomida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda 'Toshkent shahar suv taʼminoti' xabar berdi.Unga koʻra, 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik boʻyicha katta hajmli suvoʻtkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 5-sentyabr soat 09:00 dan 6-sentyabr 21:00 ga qadar ichimlik suv bosimi pasayishi kuzatiladi hamda quyidagi hududlarda vaqtincha boʻlmaydi.