calendar 19 Aug 07:03
eye 14
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yalpi majlisda Suv xo‘jaligi vazirligining axboroti eshitildi

image
Senatning ellik beshinchi yalpi majlisida Suv xo'jaligi vazirligining suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, sohaning boshqarish mexanizmlarini hamda qonunchilik bazasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan axboroti eshitildi. Ta'kidlanganidek, Senat suv resurslarini muhofaza qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanish, suvni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, sohaning qonunchilik bazasini mustahkamlash vazifalari ijrosiga alohida e'tibor qaratgan. '



Xususan, suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida 11 446 ta suv xo'jaligi ob'yektida 'Aqlli suv', 6 953 tasida 'Dayver' hamda 1709 ta nasos stansiyasida 'onlayn' nazorat qilish qurilmalari o'rnatilgan. Shuningdek, 67 ta yirik suv xo'jaligi ob'yekti to'liq avtomatlashtirilgan.' Raqamli texnologiyalarni qo'llash, 400 ming gektardan ortiq maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish natijasida joriy yil birinchi yarim yilligida 2 mlrd metr kubdan ziyod suv tejalgan.'



Respublika bo'yicha klaster va fermer xo'jaliklari hisobidagi 10 540 km ichki sug'orish tarmoqlari betonlashtirilgan, shuningdek, 34 885 km kanal, ariq va lotoklar tozalangan.' Sohada 'suvkredit.uz' platformasi joriy qilinib, jami 134,3 ming gektar maydonda tomchilatib, yomg'irlatib va diskret usulda sug'orishni joriy qilish uchun 2 trln so'mdan ortiq imtiyozli kredit mablag'lari ajratilgan.



Aydar-Arnasoy ko'llar tizimiga 'Chordara' suv omboridan 871 mln metr kub hamda boshqa manbalardan 300 mln metr kub chuchuk suv tashlanishi natijasida uning ekologik holati barqarorlashmoqda. 'Suvchilar maktabi' tashkil etilib, 70 mingga yaqin tinglovchi o'qitilishi ta'minlangan hamda 'Suv loyihalari markazi' faoliyati yo'lga qo'yilgan. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada kelgusida hal qilinishi lozim bo'lgan qator masalalar mavjudligi qayd etilib, mas'ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.



Jumladan, iqlim o'zgarishi omillarini inobatga olib, sohani tartibga soluvchi qonun hujjatlarini chuqur xatlovdan o'tkazish, nisbatan arzon va tez amalga oshiriladigan innovasion texnologiyalarni qo'llagan holda kanallarni betonlashtirishni tezlashtirish, qishloq xo'jaligida suv kam talab qiluvchi, iqtisodiy samarador bioagrotexnologiyalarni, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish zarurligi aytib o'tildi. Qishloq xo'jaligida suv sarfini qisqartirish, irrigatsiya tizimlaridagi nosozliklarni bartaraf etish, umumiy suv yo'qotishlarini kamaytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, suvdan foydalanish madaniyatini oshirish, jamoatchilikka 'suv tekin emas' g'oyasini singdirish ishlariga e'tibor qaratish lozimligi qayd etildi. Muhokamadan so'ng ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.





Foto: Akmal Muhammadov / 'Xalq so'zi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.'Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi', deyi

23 Jul 11:15
 
64
0
xs.uz

Margʻilonda “Yangi Oʻzbekiston” massivi barpo etiladi

' Qisqa muddatda Margʻilon shahrining Yangihayot koʻchasidagi 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli 'Yangi Oʻzbekiston' massivini qurish boʻyicha bosh reja ishlab chiqildi, ' deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Hojiqoʻzijon Isaqov. ' Oʻz navbatida, bugundan boshlab 'Ipakchi' va 'Qirguli' mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi bir qavatli eskirgan turar-joy binolari oʻrnida Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli uylar qurilishiga kirishildi.Belgilangan rejaga koʻra, zamona

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

29 Jul 15:39
 
51
0
xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oy