calendar 29 Jul 15:39
eye 51
comments 0
comments Manba: xs.uz

Namanganda ikki yigit bank xodimini 3-qavat derazasidan uloqtirib yubordi

image
Namangan shahrida 'Agrobank' xodimini oʻz tanishlari 3-qavatdan tashlab yubordi. Bu haqda 'Xalq soʻzi'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bildirilishicha, voqea Namangan shahar Obihayot MFY Ibrat koʻchasida joylagan 10-uyda sodir boʻlgan. 36-xonadonda ijara asosida yashab kelayotgan 22 yoshli X.M. hamda uning tanishi N.L. bilan birgalikda 21 yoshli A.M. (Bank kassiri) bilan oʻzaro janjallashib ketib, A.M.ni qasddan oʻldirish maqsadida xonadoning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, uni qoʻp qavatli binoning 3-qavatidan pastga majburan tashlab yuborgan.

Shundan soʻng, ular yashirinish maqsadida 'Spark' rusumli avtomashinasida voqea joyidan nomaʼlum tomonga qochib ketib, yashiringan.

A.M.ga esa voqea sodir boʻlgan vaqtda xonadonning hovlisida boʻlgan fuqarolar tomonidan yordam koʻrsatilib, u Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan. Shifokorlarning dastlabki maʼlumotnomasida, fuqaro A.M.'jarohatlar ogʻirlik darajasiga koʻra 'hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohati' guruhiga kirishi koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi 'p' bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, X.M. va N.L. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:08
 
61
0
xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.Bitiruvchilarga diplomlarni to

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeropo

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 18:22
 
83
0
qalampir.uz

Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovga ko‘ra, voqea Shirin chorrahasida sodir bo‘lgan. Suv toshqiniga Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.  “Ayni damda esa ushbu muammo to‘la bartaraf etildi”,