calendar 11 Aug 03:43
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Valyutchik”lar qoʻlga tushdi. Ulardan qancha miqdordagi chet el valyutasi ashyoviy dalil sifatida olindi?

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi va Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan O.B. qonunga xilof ravishda jami 3 ming 150 AQSH dollarini fuqaro A.A.ga 39,9 million soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, O.B. ning yonidan yana 12 ming 424 AQSH dollari, 200 Yevro, 9 ming 600 Turk lirasi, 138 ming 945 Rossiya rubli, 368 ming 500 Qozoq tengesi va 500 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq, 'Tokio-2020' Olimpiadasi gʻolibi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024'da kumush medalni qoʻlga kiritgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 12:22
 
89
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga sud hukmi o‘qildi

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev ishini ko‘rib chiqish yakunlanib, sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev ba’zi moddalar bo‘yicha aybsiz deb, ba’zi moddalarga ko‘ra esa aybli deb topilgan. Sud unga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Baxtiyor Q

26 Jul 10:20
 
34
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanma

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan. Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sud

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda “psixotrop” sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.A. 56 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro A.A.ga 5,2 m