calendar 26 Jul 10:20
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yil boshidan beri noqonuniy ov qilgan 300 ga yaqin kishi jazolandi

image

2024 yilning birinchi yarmida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida “O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi”ning Andijon, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari bo‘linmalari tomonidan ov yo‘llanmalarining to‘liq qaytarilishi nazoratga olinmagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda ovchilar tomonidan 2020-2022 yillar davomida jami 9690 ta ov yo‘llanmalari “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga zid ravishda foydalanilganidan so‘ng qaytarilmagan. Buning ortidan ov yo‘llanmalaridan takroriy foydalanish hamda noqonuniy ov qilishga sharoit yaratib berilgan.

Ekologiya vazirligi fuqarolardan kelib tushgan ko‘p sonli murojaatlar asosida birlashmaning Sirdaryo viloyati bo‘limi faoliyatini o‘rganganida esa ov xo‘jaligining ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi shartnomasi amal qilish muddati 2022 yil 31 dekabrda tugagan bo‘lsa-da, xo‘jalik tomonidan 2023 yil davomida 25 ming bosh hayvonlarni ovlash uchun noqonuniy yo‘llanmalar sotilgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasi talablariga zid ravishda 20 ta holatda mazkur xo‘jalik tomonidan sotilgan ruxsatnoma asosida ovchilar tomonidan taqiqlangan muddatlarda 49 ta yovvoyi qush ovlangan.

Shunday qilib, 2024 yilning I va II choraklarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq 287 ta holatda 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln so‘mlik jarima belgilangan. Taqqoslash uchun, 2023 yildagi nazorat tadbirlarida respublika bo‘yicha ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bog‘liq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar shaxsga nisbatan 1,7 mlrd so‘mlik choralar ko‘rilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 17:05
 
110
0
xs.uz

Daladan dasturxonga

' Dehqonlarimizga, chorvador-u, bogʻbonlarimizga rahmat, ' deydi xaridor Abdufatto Abduxalilov. ' Mahsulotlar sifatli va arzon. Masalan, paxta yogʻini 12 ming soʻm, shakarni 13 ming 500 soʻm, mol goʻshtini 60 ming soʻm, guruchni 15 ming soʻmdan xarid qildim.Ushbu savdo rastalarida 40 turdan ziyod mahsulotlar 30 foiz arzonlashtirilgan narxda sotilmoqda.'

14 Aug 06:37
 
13
0
xs.uz

Prezident muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha qator topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida mutasaddilarga Buxoroda muqobil energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha qator topshiriqlar berdi.Buxoroda 900 million kilovatt elektr va 400 million kub metr gazni iqtisod qilish imkoni borligi'qayd etildi. Bu umumiy isteʼmolning 20 foiziga teng.Yirik korxonalarda uskunalarni yangilash va audit oʻtkazish orqali 25 foizigacha elektr va gazni iqtisod qilish mumkin.Buxoroda 200 ming koʻchmas mulk obyektid

26 Jul 13:01
 
57
0
xs.uz

Fargʻonada 15 sutka “oʻtirib chiqqan” fuqaro 10,5 ming dollar aliment toʻladi

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining 2015-yil 5-fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.M. foydasiga 1 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.Biroq ota oʻz farzandining moddiy taʼminotidan uzoq vaqt boʻyin tovlab kelgan. Shu bois, qarzdor fuqaroga nisbatan toʻplangan hujjatlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 474'-moddasiga asosan Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudiga yub

18 Jul 11:51
 
82
0
xs.uz

“Andijon—Xonobod” poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

' Prezidentimiz joriy yilda Andijonga tashrifi chogʻida 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdi qatnovini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq bergan edi, ' deydi viloyat 'Nuroniylar' uyushmasi rahbari Oʻktamjon Oxunov. ' Navroʻz bayrami arafasida 'Qoʻqon'Andijon' yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezd oʻz qatnovini 'Andijon'Xonobod' yoʻnalishi boʻyicha ham davom ettira boshladi. Qoʻshimcha harakatning joriy etilishi ichki sayyohlik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Andijon