calendar 19 Jul 12:22
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga sud hukmi o‘qildi

image

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev ishini ko‘rib chiqish yakunlanib, sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Baxtiyor Qudratullayev ba’zi moddalar bo‘yicha aybsiz deb, ba’zi moddalarga ko‘ra esa aybli deb topilgan. Sud unga uzil-kesil 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 34-moddasiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilib, jazoni maxsus tartibli kaloniyada o‘tashi belgilandi.

Oldinroq prokuror suddan Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilgan ayblovlar tasdig‘ini topgani, yengillashtiruvchi holatlar mavjud emasligini va boshqa barcha holatlarni inobatga olib, Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 165-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik), 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 276- (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, ya’ni bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun uzil-kesil jazo tayinlash yo‘li bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, Jinoyat kodeksining 34-moddasini qo‘llab, “Baxti Tashkentskiy”ni o‘ta xavfli retsidivist deb topish va tayinlangan jazo muddatini maxsus tartibli koloniyada o‘tashini so‘ragandi. 

Qolaversa, davlat ayblovchisi suddan Qudratullayevni Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ni qo‘llab, giyohvandlik moddalaridan majburiy davolashni belgilashni ham so‘ragan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 14:15
 
85
0
xs.uz

“Gentra”ga “UZB” seriyali soxtalashtirgan avtomashina raqamini taqqan shaxs qamaldi

Maʼlum qilinishicha, 1989-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining 'Gentra' rusumli avtomashinasiga 'UZB' qalbaki raqamini oʻrnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan.Shuningdek, ayblanuvchi javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan 'UZB' davlat raqamidan foydalanish toʻgʻrisidagi soxta hujjatni bergan. Tekshiruvlar hujjatni fuqaro oʻzi soxtalashtirganini fos

22 Jul 21:06
 
77
0
qalampir.uz

Chek so‘ragan bolani urgan sotuvchi qamaldi

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani haqida xabar berilgandi. Do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud do‘kon sotuvchisi Z.A.ga 13 yoshli (2011 yilda tug‘ilgan) bolaga nisbatan qilgan g‘ayri

26 Jul 10:20
 
44
0
qalampir.uz

Toshkentda notkoin sotgan yana bir yigit qamaldi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida yashovchi 21 yoshli yigit noqonuniy notkoin oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani uchun 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, 2024 yil 28 iyun kuni Toshkent shahar IIBB kotibiyati tomonidan ro‘yxatga olingan fuqaro A.A. ning arizasi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilganda fuqaro G‘.Yo. ga tegishli telefon va plastik kart

08 Sep 16:44
 
4
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqda 'Toshkent metropoliteni' DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, Poytaxt metroposidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmala