calendar 29 Jul 16:56
eye 178
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda ikki kishi 21 yoshli bank kassirini 3-qavatdan tashlab yubordi

image

Namangan viloyatida ikki nafar xaridor bank xodimini qasddan 3-qavatdan itarib yubordi.  Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Namangan shahridagi “Obihayot” MFY Ibrat ko‘chasida ijara asosida istiqomat qiluvchi 22 yoshli X.M. va uning tanishi N.L. 21 yoshli bank kassiri M. A. bilan o‘zaro tortishgan. Ular bank kassirini qasddan o‘ldirish maqsadida uni qo‘p qavatli xonadonning yotoqxona oynasi romiga majburlab chiqarib, 3-qavatdan pastga itarib yuborgan.

Shundan so‘ng ular yashirinish maqsadida Spark rusumli avtomashinasida voqea joyidan noma’lum tomonga qochib ketgan.

Jabrlanuvchiga voqea sodir bo‘lgan vaqtda xonadonning hovlisida bo‘lgan fuqarolar tomonidan yordam ko‘rsatilib, u shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Namangan filialiga olib borilgan. Shifokorlarning dastlabki ma’lumotnomasida, fuqaro M.A. jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati” guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-(Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “p” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyatni sodir etgan shaxslar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov o‘z uyida o‘ldirib ketilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
59
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
51
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga

17 May 21:46
 
80
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy