calendar 15 Jul 16:17
eye 204
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jazo koloniyalarida alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi

image

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsadida ushbu muassasalarda alkotesterdan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bo‘yicha Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq loyihasi muhokamaga chiqarildi. 

Manzil-koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning muassasa hududida erkin harakatlanishga imkoniyati mavjudligi, shu bilan birga, ish bilan bog‘liq tarzda muassasa hududidan tashqarida ham bo‘lishlari oqibatida ularni nazorat qilish jarayonida qiyinchilikni yuzaga keltiradi.

Shu boisdan ham jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar tomonidan alkogol mahsulotlari, shuningdek, tarkibida spirt bo‘lgan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilish holatlari faktini tezkorlikda aniqlash maqsadida koloniya faoliyatiga alkotester moslamalarini joriy qilish zarurati mavjud. Shu tufayli jazoni ijro etish muassasalari navbatchilik qismlariga alkotester vositasini o‘rnatish orqali manzil-koloniyalarda jazo o‘tayotgan mahkumlar tomonidan sodir etilayotgan tartibbuzarliklar sonini kamaytirish maqsad qilingan. 

Normativ-huquqiy hujjatlarda alkotesterdan foydalanish tartibi belgilanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ul

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 'Chorsu' bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiy

17 Jul 12:53
 
91
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash vaziriga imkoniyati cheklangan shaxslar boʻyicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi

Qayd etilishicha, asosiy vazifalari nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirishdan, nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirishdan iborat boʻlgan 3 ta shtat birligidan iborat shoʻba tashkil etiladi.Bildirishicha, VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK koʻrigi uchun tibbiy