Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Toshkent'Vodiy' yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan 'Lacetti' rusumli avtotransport vositasida fuqaro A.A. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 37,1 million soʻmlik jami 1 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahrida yashovchi M.K.ga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.
'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 28-dekabr kuni soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilingani munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagandi. Unga koʻra, ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlariga (sigaretalar, sigaralar, kalyan tamakilari, snyus va boshqalar) aksiz soligʻi stavkalari 12 foizga oshib, import qilinadigan sigaretalar uchun esa 5 foizga pasaytirilgandi.
Avvalroq Ishtixon va Toyloqda 6 ming 754 dona qalbaki yorliqli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatilgandi.
Endi “ChatGPT” barcha suhbatlarni eslab qoladi
Unga koʻra, endilikda chat-bot foydalanuvchi bilan boʻlgan barcha avvalgi suhbatlar tarixini eslab qoladi va shu asosda aniqroq javoblar beradi. Bu funksiya matn yozish, tavsiyalar yoki taʼlim jarayonlarida juda qoʻl keladi.Tizim yangi funksiya orqali insonning qiziqishlarini tahlil qilib, shaxsiylashtirilgan javoblar taqdim eta oladi. Bu imkoniyat 2025-yil 10-apreldan boshlab 'Plus' va 'Pro' obunachilari uchun amal qilishni boshlagan.Taʼkidlash joiz, hozircha bu yangilanishdan Yevropa Itti
Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Oʻzbekistonda ilk bor tarixiy Samarqand shahri BMTning '2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini koʻrsatishni jadallashtirish' mavzusida boʻlib oʻtadigan 'Davlat xizmati forumi ' 2025' nufuzli forumiga mezbonlik qiladi.Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga toʻplaydi.Mazkur forum joriy yilning 23-iyun sana
Sifatli taʼlim qaygʻusi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz toʻrtinchi yiliga ham tobora yaqinlashmoqdamiz. Bu vaqt tarix uchun qisqa bir davrni tashkil etsa-da, maʼlum bir xulosalar, saboqlar chiqarishga yetarli deb oʻylayman.Toʻgʻrisi, biz mustaqillikning dastlabki oʻn yilini tirikchilik gʻamida oʻtkazdik. Yetishmovchilik, xavf-xatar, inqirozga uchragan iqtisodiyot, butunlay tanazzulga yuz tutgan aloqalar iskanjasida qolgandik. Gʻalla mustaqilligi biz uchun hayot-mamot masalasiga aylang
Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 21-23-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 20-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21-aprelda 22-27 daraja, 22-23-aprelda 24-29 daraja boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7