calendar 22 Jul 18:49
eye 88
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezidentga sport va olimpiya harakati rivoji boʻyicha axborot berildi

image
Bugun, 22-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga ommaviy sport va olimpiya harakatini kengaytirishga oid ishlar yuzasidan axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sogʻlom avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida mamlakatimizda sport keng rivojlantirilmoqda. Buning uchun stadionlar, mashgʻulot zallari, 'workout' maydonchalari, yugurish yoʻlaklari, sport maktablari va majmualaridan iborat ulkan infratuzilma bor.

Mahallalardagi sogʻlom muhit, hududiy musobaqalar, 'Besh tashabbus olimpiadasi' taʼsirida sportsevarlar safi kengayib bormoqda. Shu bilan birga, yoshlar orasidan qobiliyatlilari saralab olinib, mahoratli professional sportchilar tayyorlanmoqda.

'Oʻzbekiston ' 2030' strategiyasini 'Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili'da amalga oshirishga oid davlat dasturida bu soha boʻyicha ham koʻplab vazifalar belgilangan. Unga muvofiq, umumiy taʼlim muassasalari birlamchi sport jihozlari bilan taʼminlandi. Mahallalardagi stadionlar va boshqa sport maydonchalaridan foydalanish vaqti uzaytirildi. 10 million aholini ommaviy sportga jalb qilish maqsadida joylarda futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, yengil atletika, kurash kabi sport turlari boʻyicha besh bosqichli musobaqalar oʻtkazilmoqda.

Hududlarda sport uchun sharoitlarni kengaytirish, seleksiya jarayonlarini raqamlashtirish, ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish borasidagi ishlar ham qayd etildi.

Davlatimiz rahbariga XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha ham axborot berildi.

Maʼlumki, ushbu nufuzli musobaqa 26-iyul ' 11-avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtadi. Unda 206 ta mamlakatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
11
0
xs.uz

“Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj

'Gʻalaba bogʻi' yodgorlik majmuasi hududida mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etildi.Festival doirasida mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga moʻljallangan mahsulotlar koʻrgazmasi namoyish etildi.Bundan tashqari, dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival oʻz gʻoyalarini roʻyobga chiqarish hamda so

01 Jun 03:47
 
10
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

21 Apr 08:34
 
762
0
xs.uz

Prezident AQSh bojlarining jahon iqtisodiyotiga taʼsiri haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boshlangan videoselektor yigʻilishida dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va savdo cheklovlarining Oʻzbekistonga taʼsirini yumshatish masalalari muhokama qilinmoqda.Avvalo, davlatimiz rahbari global iqtisodiy holatga toʻxtaldi.'Hozirgi dunyo avvalgidek emas. Gap tarif yoki ularni miqdorida ham emas. Uzoq yillar davomida davlatlar oʻrtasida barqaror munosabatlar va oʻzaro ishonchni taʼminlagan xalqaro institutlar, ular ishlab chiqqan qoida va normalar b

21 Apr 08:34
 
566
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak

Joylarda yer soligʻi va ijara toʻlovlariga oshiruvchi koeffitsiyent belgilayotganda uning biznesga taʼsirini oʻrganish, tadbirkorlarning imkoniyati va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, qaror qabul qilish muhimligini taʼkidladi.'Tushumni koʻpaytirish soliq stavkasini oshirish hisobidan boʻlmasligi kerak. Aksincha, tadbirkorga yordam berib, soliq bazasini kengaytirsak, tushum koʻpayadi, tadbirkorlar ham rozi boʻladi', dedi Prezident.Endilikda tadbirkorlarga ushbu soliqlarni yilda ikkiga b