calendar 19 Jul 09:26
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Endilikda avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

image

O‘zbekistonda 2024 yil 1 avgustdan boshlab avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida so‘z boradi. 

Unda raqamlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlar raqam belgilari” modulida avtomatik tarzda beriladi.

Biroq, xaridorgir harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari oshirilgan to‘lov stavkalaridagi raqamlar bundan mustasno.

Shuningdek, joriy yilning 1 dekabridan boshlab avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bilan bog‘liq murojaatlarni YHXXning mobil ilovasi, rasmiy sayti, Sall-markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (my.gov.uz) orqali avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va raqam berish bo‘yicha murojaatlarni yuborish va o‘sha yerning o‘zida to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Raqamlarni tasodifiy tartibda berishning mohiyati shundaki, raqam tasodifiy tanlanib, kompyuter tomonidan rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq elektrosamokat boshqarish uchun yosh toifasi va harakat tezligi belgilangani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
63
0
qalampir.uz

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko

11 Aug 03:43
 
23
0
xs.uz

Prezident Parij Olimpiadasi chempionlari Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Parij Olimpiadasida oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medallarni qoʻlga kiritgan hamda ikki karra olimpiya chempioniga aylangan taekvondochi Ulugʻbek Rashitov va bokschi Hasanboy Doʻsmatov bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari sportchilarni qizgʻin tabriklab, terma jamoamiz tomonidan bir kun ichida Olimpiadaning ikkita oltin medali qoʻlga kiritilgani Oʻzbekiston sporti uchun tarixiy voqea boʻlganini katta mamnuniyat bilan qayd

24 Aug 17:26
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ul

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao