calendar 24 Aug 17:26
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

image
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.

O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim o'rnini alohida ta'kidladi.

'Sizlar innovatsiyalarni dadillik bilan joriy etib, korxonalar va ish o'rinlarini yaratib, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo'layapsiz', dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bunday shaklda ilk bor o'tkazilayotgan tadbir ikki mamlakat savdo-iqtisodiy hamkorligida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bugungi sammitning salmoqli natijalari haqida mamnuniyat bilan so'zladi. Muzokaralarda hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi muhokama qilinib, istiqbolli 'o'sish nuqtalari' belgilab olindi. Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi bo'lib o'tdi, Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnoma imzolandi.

'Biz davlatlararo hamkorlikning eng yuqori bosqichiga chiqdik va O'zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida amalda yangi sahifa ochdik', dedi O'zbekiston rahbari.

Muzokaralarning asosiy yakunlari sifatida mamlakatlarimizda biznes uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan, birgalikda tashqi bozorlarga chiqish bo'yicha kelishuvlarga erishilgani ta'kidlandi.

So'nggi yillarda bu borada katta yutuqlarga erishildi. Tovar ayirboshlash hajmi va qo'shma korxonalar soni bir necha barobar oshdi, qator kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, hududlararo almashinuvlar faollashdi, qo'shma Investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritmoqda.

Bundan tashqari, kuni kecha o'tgan biznes forumida umumiy qiymati 2 milliard dollardan ortiq bitim va shartnomalar imzolandi.

Prezidentimiz O'zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari tomonidan e'lon qilingan Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasidagi muhim vazifalarni amalga oshirishda aynan biznes asosiy drayver bo'lishi va hal qiluvchi rol o'ynashi kerakligini alohida ta'kidladi.

Bu hamkorlikning 20 ta ustuvor yo'nalishi bo'yicha istiqbolli loyihalardir.

'Biz hurmatli Ilhom Haydarovich bilan bir fikrdamiz: hamkorlik kelajagi biznesga bog'liq, ikki mamlakat o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarning ertangi kuni sizlarga bog'liq', deya xulosa qildi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning samarali va qulay faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilishini ta'kidladi.

O'z navbatida, ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari ko'rsatilayotgan e'tibor uchun O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlariga minnatdorlik bildirib, yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha aniq rejalari haqida ma'lumot berdilar.

Uchrashuv yakunida davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar.

Toshkent shahrida mehmonxona va turar joy majmualarini barpo etish, Qashqadaryo viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish, Ozarbayjonda to'qimachilik klasterlari hamda tikuvchilik fabrikasini tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidan.

Prezidentlar ushbu loyihalarga start berar ekan, ular o'zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari va yangi ish o'rinlari yaratishga xizmat qilishini ta'kidladilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:23
 
62
0
xs.uz

Fargʻonada kuchli sel koʻchalarni qum-shagʻalga toʻldirdi

Qayd etilishicha, soat taxminan 15:30 atrofida jala yomgʻiri va doʻl yoqqan. Oqibatda 'Qurqul' va 'Bukan' sel yoʻlidan aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda 1,5html5-dom-document-internal-entity1-minus-end2 m3/s sel oqimi oqib tushgan. Toshqin suvi aholi va hududlarga zarar yetkazmagan holda sel yoʻlidan oqib oʻtgan.Shuningdek, Shohimardon MFY hududida joylashgan 'Tosh' sel yoʻlidan soat taxminan 15:30 larda jala yomgʻir va doʻl yogʻishi natijasida 4-5 m3/s sel oqimlari vujudga ke

27 Jul 14:51
 
55
0
qalampir.uz

Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi

Joriy yilning 25 iyul kuni OTMlarga imtihon topshirish yakunlanib,  endilikda Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlandi.  Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024 yil 27 iyuldan 10 avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. Buning uchun

26 Jul 10:20
 
39
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Prezident sogʻlom raqobat muhiti taʼminlashga oid Qonunni imzoladi

Tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhiti taʼminlash borasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev OʻRQ-954-sondagi Qonunni imzoladi. Bu bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilmoqda. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida'gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ushbu qoʻmita bilan kelishishni nazarda tutu