calendar 27 Jul 11:44
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p ko‘chib kelishmoqda?

image

Doimiy yashash uchun boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklarning 81,5 foizi Qozog‘istonni tanlamoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlabki yarim yil davomida besh ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qator davlatlarga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ko‘chganlarning asosiy qismini 4 128 kishi tashkil qilib, ular Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Shu bilan birga, Rossiyaga 760 kishi, Qirg‘izistonga 34 kishi, Janubiy Koreyaga 37 kishi, Turkmanistonga 14 kishi, boshqa davlatlarga 93 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga yanvar–iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan 1 080 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan. Ularning asosiy qismi Rossiya (36,1 foiz) va Qozog‘iston (24,1 foiz) fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat miqyosida bir hududdan boshqasiga ko‘chib kelganlar soni 116,6 ming kishini tashkil etgan (2023 yil mos davrida 106,3 ming kishi). Shundan erkaklar 50,7 ming nafar, ayollar 65,9 ming nafardir. Ko‘chib kelganlar soni shaharlarda 87 ming kishi, qishloqlarda esa 29,6 ming kishi bo‘lgan.

Yarim yil ichida ko‘chib kelganlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahrida (44 605 kishi), eng kam ulushi Namangan viloyatida (1 649 kishi) qayd etilgan.

Olti oy davomida respublika bo‘ylab ko‘chib ketganlar soni 120,6 ming kishini tashkil etgan (2023 yil mos davrida 113,7 kishi bo‘lgan). Shundan erkaklar 52,8 ming nafar, ayollar 67,8 ming nafar. Ko‘chib ketganlar soni shaharlarda 83,9 ming kishi, qishloqlarda 36,7 ming kishi.

Ko‘chib ketganlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (35 540 kishi), eng kam qismi Namangan viloyati (2 710 kishi) hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
108
0
qalampir.uz

Matiz yonib ketishi oqibatida dalaga o‘t ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Matiz avtomobili yonib ketishi oqibatida yo‘l yoqasidagi dalaga ham o‘t ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 12 iyul kuni Samarqand tumanida sodir bo‘lgan. Soat 16:28 da tumanning “Yangi ariq” MFY hududidan harakatlanib ketayotgan fuqaro J.O boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli mashinada yong‘in chiqqan. Oqi

15 Jul 12:03
 
77
0
xs.uz

Andijondagi Shahrixonsoyda kichkina qiz jonsiz holatda topildi

Maʼlum qilinishicha, seldan keyin Andijon, Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilgan.Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.Hozirda shaxsi nomaʼlum va IIB vakillari uning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ish olib bormoqda.Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan hech bi

29 Jul 11:42
 
55
0
xs.uz

“Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining ertalabki qatnov vaqtini oldinga surish taklif etildi

Qayd etilishicha, bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq boʻlishini taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.Amaldagi jadval (ertalab joʻnash vaqti):Taklif etilayotgan jadval (ertalab joʻnash vaqti):Yoʻlovchilar mazkur oʻzgartirish boʻyicha'ushbu havola'orqali oʻz munosabatlarini bildirishi mumkin.

11 Jul 18:08
 
105
0
qalampir.uz

Dollar kursi hafta boshidan buyon oshmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,14 so‘mga oshdi va 12 655,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham 58,12 so‘mga ko‘tarilib, 13 725,63 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa aksincha 0,24 so‘mga pastlab, 144,28 so‘mni tashkil etdi.