U 1949-yil 30-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahrida maorif fidoyilari — Rahmonberdi Karimov hamda Rahima Alimovalar oilasida tug‘ilgan. Ziyoli oilada o‘sgan, bolaligidan ilmga chanqoq bo‘lgan qahramonimiz Toshkent shahridagi 42-sonli o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq, o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygandi.
Ta’lim dargohini kumush medal bilan tugatgach, Toshkent davlat universitetining fizika fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlaydi. Moskva davlat universitetining Dubna shahridagi yadro fizikasi fakultetida diplomoldi amaliyotini o‘tarkan, uning ko‘nglida yangi maqsadlar paydo bo‘ladi. 1971–1974-yillarda O‘zFA Yadro fizikasi instituti aspiranti bo‘lgan lavhamiz qahramoni 1975–1980-yillarda Yekaterinburg shahridagi Ural universitetining falsafa fakultetida sirtdan o‘qigan.
Mehnat faoliyatini O‘zFA Yadro fizikasi instituti kichik ilmiy xodimi sifatida boshlagan Baxtiyor Karimov ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishladi. 1994–1996-yillarda O‘zFA Ilmiy o‘quv markazining direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan
B. Karimov 1996–2001-yillarda IIV Akademiyasining falsafa kafedrasi mudiri, ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritdi. Ibratli ishlari hamda izlanishdan to‘xtamasligi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘la olgan taniqli olim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i ham bo‘lgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasidagi mas’uliyatli vazifalarda unga ishonch bildirilgan.
B. Karimov hamon ilm olishdan to‘xtamaydi. U 2020-yilda O‘zbekiston milliy universitetining xorijiy filologiya fakultetini muvaffaqiyatli tugatgan. 2022-yilda Moskva xalqaro akademiyasi tilshunoslik va pedagogika fakulteti magistraturasini bitirib, 2023-yilda Moskvadagi Sinergiya universitetiga «Sun’iy intellekt» ixtisosligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. Ushbu misollarning o‘ziyoq biz hikoya qilayotgan insonning qanchalar ilmga oshnoligini ko‘rsatadi.
«Dadajonimiz juda talabchan. Yosh avlodga har tomonlama namuna qilib ko‘rsatsak arziydi. Qo‘llaridan haligacha kitob tushmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, oilaparvar, mehribon inson va haqiqiy ilm fidoyisi. Bizni, nevaralarini ziyo olishdan to‘xtamaslikka muntazam chorlab keladi!» – deydi bir necha yil ichki ishlar organlarida erkin yollangan xodim sifatida ishlagan kelini Shahnoza Karimova.
B.Karimov jamiyatimizga ko'plab malakali shogirdlar yetkazib berdi. Farzandlari ham otasiga munosib bo'lish niyatida faqat oldinga intilgan.
U turmush o‘rtog‘i Muxtabar aya bilan to‘rt o‘g‘il, bir qizni voyaga yetkazgan. Uchinchi o‘g‘li Oybek Karimov ichki ishlar organlarida xizmat qilib, Uchtepa tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan podpolkovnik unvonida pensiyaga chiqqan. Hozirda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Qizi Umidaxon ilmiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lsa, qolgan farzandlari tadbirkorlik yo‘nalishidan ketishgan.
O‘n yetti nevara, ikki nafar evaraning bobojonisi, mo‘tabar 75 yoshni qarshilash arafasida turgan taniqli o‘zbek olimi Baxtiyor Karimov hozirda O‘zFA Sharqshunoslik institutining yetakchi ilmiy xodimi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ha, ilmning fazilati buyuk bo‘lib, inson hayotida juda ahamiyatlidir. «Ilm insonni ulug‘laydi!» degan naql bejiz aytilmaganligiga Baxtiyor Karimov singari yetuk olimlarimizning ibratli hayoti dalil bo‘lsa, ajab emas.
Abror POYONOV,
o‘z muxbirimiz.
Qoʻl mehnatidan raqamli texnologiyagacha — Fargʻona viloyatining muhim manzillaridan fotoreportaj
Yurtimiz taraqqiyotining yorqin manzaralari, xalqimizning mehnatsevarligi va boy madaniy merosi har bir hududda oʻz aksini topgan. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Fargʻona viloyatiga xizmat safari davomida ushbu betakror goʻshaning turli manzillarida boʻldi.' Milliy hunarmandchilik ' yuragimiz, tariximiz va madaniyatimizning ajralmas boʻlagidir. Fargʻonaning goʻzal qishloqlaridan birida qadimiy kulolchilik anʼanalarini asrab kelayotgan, sanʼatga mehr qoʻyg
Prezidentga Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni haqida axborot berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni va uni jadallashtirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimot bilan tanishdi.Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab JSTga a'zo bo'lish choralari ko'rilmoqda. O'tgan davrda ko'p va ikki tomonlama muzokaralarda muayyan natijalarga erishildi.Jumladan, Ishchi guruhining to'rtta muhim yig'ilishi o'tkazilib, 500'dan ortiq masalalar ko'tarildi, 30'dan ziyod rasmiy hujjatlar JST K
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.
Zamonaviy tibbiyot, koʻplab yangi ish oʻrinlari hamda barqaror daromad – Yangi Andijonning muhim manzillaridan fotoreportaj
Xabaringiz bor, 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida edi. Mazkur safarimizning soʻnggi kunida Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklinika hamda yaqindagina ish faoliyatini boshlagan 'WBM Fabrics' korxonasi faoliyati bilan tanishdik.Har ikkala maskan bugungi kunda oʻz yoʻnalishida katta ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etayotgani bilan ajralib turadi.Dastlabki manzilimiz Andijon shahri hududida joylashgan 8-sonli poliklin