calendar 11 Apr 14:01
eye 62
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada Xitoy paxta terish mashinalari ishlab chiqariladi

image
Botir Madiyorov/'Xalq soʻzi'. Fargʻonada Xitoyning 'Shandong Swan Cotton Industrial Machinery' kompaniyasi tomonidan paxta terish mashinalarini yigʻish, servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv kursi tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kirishildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, 'Oʻzagrolizing' AJ boshqaruv raisi Nodir Otajonov, 'Shandong Swan Cotton Industrial Machinery' kompaniyasi boshqaruvi vakillari, tumanlar hokimlari, Fargʻona vodiysi viloyatlari paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari hamda fermerlar ishtirok etdi.

' Shu yilning yanvar oyida viloyat delegatsiyasi Xitoyga tashrif chogʻida ushbu korxonada boʻlib, barcha jarayonlar bilan tanishgan va yakunda yaqin hamkorlik boʻyicha kelishuvga erishilgandi, ' deydi Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyev. ' Hozirda korxonada tayyorlanayotgan texnikalar dunyoning 30 dan ortiq davlatlariga eksport qilinadi. Fargʻona shahridagi sobiq mexanika zavodi hududiga joylashtirilgan mazkur loyiha doirasida texnikalarga servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv kursi faoliyatini yoʻlga qoʻyish ham rejalashtirilgan.

Aytish joiz, paxta terish mashinalarini 20 foizlik dastlabki toʻlov bilan 10-yil muddatga lizing asosida xarid qilish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, terim mashinalari sotib olishda paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklariga 15 foizlik subsidiya berilishi ham koʻzda tutilgan.

Muloqotlar chogʻida ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan gʻalla oʻrish kombaynlarini joriy mavsumda viloyatdagi gʻallachilik klasterlari dala maydonlarida sinovdan oʻtkazishga ham kelishib olindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
303
0
xs.uz

Xitoylik hamkorimiz Andijon viloyatining gidroenergetika salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashadi

Bu borada viloyatning suv oqimi yuqori bo'lgan ariq va kanallarida 75 megavatt quvvatga ega kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati borligi, ushbu jarayonda qatnashadigan tadbirkorlarga 3-yil imtiyozli davr bilan, 7-yilga 12 foiz stavkada kredit berilishi ta'kidlandi.Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Xususan, 'O'zbekgidroenergo' AJning asosiy xorijiy hamko

22 Mar 08:54
 
61
0
xs.uz

“Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi

Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Unga koʻra, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' va 'Diplomatik xizmat fidoyisi' koʻkrak nishonlari taʼsis etildi. Bu haqida 'OʻzA' xabar berdi.Taʼkidlanishicha, 'Diplomatik xizmat aʼlochisi' koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarl

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

«QIZIL» HUDUDLARDA PROFILAKTIKA

Jumladan, tumandagi «Do‘stlik», «Olmazor», «Duoba», «Shaffof» va «Muzrabot darvoza» mahallalari «qizil» toifaga kiritilgan. Ushbu hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish uchun hamkorlikdagi mutasaddi xodimlar tun-u kun xizmat qilishmoqda. – Mahallalarda ijtimoiy profilaktikani tizimli yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilayapti, – deydi tuman IIB JTSG katta inspektori, kapitan Qahramon Mo‘minov. – Misol uchu

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya